So’nggi yangiliklar

09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  0 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  1 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  8 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  8 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  7 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0

PFL kubogi finalida "Mashal" - "SHo'rtan" o'ynaydi Yangiliklar

PFL kubogi finalida "Mashal" - "SHo'rtan" o'ynaydi

O'FF suniy maydonida PFL Kubogining yarim final bosqichining ikkinchi uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvning dastlabki daqiqalarida tashabbusni birinchi liga vakillari boshlab berdi. Birinchi hujumni Sanjar Quvvatov bartaraf etdi. 15 daqiqada Tursunmurod Hamdamov ikkichi ogohlantirish bilan maydonni tark etdi. Qolgan 75 daqiqada bir kishi kam bo'lib o'tkazgan "gazchilar" ustunlikka ega bo'ldi. 30 daqiqada yana bir bor Quvvatov "Mashal" darvozasiga ketma-ket yo'llangan hujumlarni bartaraf etishga muvaffaq bo'ldi. 45 daqiqada Zafar To'raevning kuchli zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan maydondan chiqarib yubora oldi.

Ikkinchi bo'limni ham 10 kishi bo'lib davom ettirgan "Mashal" hujumlarni kamaytirmadi va 55 daqiqada Vladislav Ivanov himoyachilardan qochib ketib hisobni ochdi. SHundan so'ng o'yin surati ham o'zgardi. 65 daqiqada Vladislav Ivanovning pasini SHohruh Dostonov darvozaga joylab qo'ydi. Uchrashuv yakunlanishi arafasida "Obod"ning hujumini SHahboz Norxonov chiroyli tarzda darvozaga aniq yo'lladi. Uchrashuvda boshqa hisob o'zgarmadi va "Mashal" yarim finalda ham g'alabani davom ettirdi.

Endi "Mashal" PFL kubogining yarim finalida G'uzorning "SHo'rtan" jamoasiga qarshi o'ynaydi. Bu o'yin 20 fevral kuni O'FF suniy maydonida bo'lib o'tadi.

O'zPFL Kubogi. Yarim final

"Mashal" - "Obod" 2:1

Hakam:
Rustam Toshmuhammedov (Toshkent).

Gollar: Vladislav Ivanov 55, - 1:0. SHoxrux Dostonov 65, - 2:0. SHahboz Norxonov 85, - 2:1.

"Mashal": Sanjar Quvvatov, Siroj Hamroev (G'iyosjon Komilov 28), SHerzod Fayziev (Iqbol Boboxonov 52), Jahongir Jiyamurodov, Zafar To'raev (SHohruh Dostonov 60), Sardor Abduraimov, Humoyun Murtozaev (Vladislav Ivanov 46), Tursunmurod Hamdamov, Asliddin Abdiev (Abdulla Nabiev 55), Firdavs Asadov (Zohir Qo'ziboev 46), Abbos SHodmonov.

"Obod": Bekzod Omonullaev, G'ayrat Umirov, Jahongir Ishoqov, Doniyor Xasanov, SHahboz Norxonov, Kamoliddin Tojiboev, Araik Babaev, Rasul SHuhratov, Sanjar To'raqulov, Javlon Iskandarov, SHerzod Jalilov.
Zaxira: Viktor Mochalov, Baxshillo Turaev, Mirzamurod Jo'raboev, Bahodir Baxtiyorov, Elbek Ravshanov, Rafael Abdurahmonov, Zarbulla Umarov.

CHetlatish: Tursunmurod Hamdamov 15

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика