So’nggi yangiliklar

00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  2 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  5 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  3 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5

PFL: Kelishilgan o'yinlarga qarshi ayovsiz kurash olib boriladi Yangiliklar

PFL: Kelishilgan o'yinlarga qarshi ayovsiz kurash olib boriladi

O'zbekiston Futbol Federaciyasi Ijroiya qo'mitasi kelishilgan o'yinlarga qarshi ayovsiz kurashish orqali futbolda tozalash ishlari olib borilishi haqida Qaror qabul qildi.
Qarorga ko'ra, kelishilgan o'yinlar va unda ishtirok etganligi gumon qilinayotgan shaxslarni monitoring qilish bo'yicha O'zbekiston Professional Futbol Ligasida ishchi guruhi tuziladi.

O'zbekiston Futbol Federaciyasining Ijroiya Qo'mitasi majlisida kun tartibiga qo'yilgan masalalar haqida gapirar ekan, Mirabror Usmonov, O'zbekiston Futbol Federaciyasi Prezidenti, so'nggi vaqtlarda totalizatordan daromad ko'rish maqsadida O'FF va PFL tasnifidagi o'yinlarning natijalari kelishilayotganligi haqida matbuotdagi maqolalarning umumiy mazmuni haqida to'xtalib o'tdi.

Matbuot o'zbek futbolining bugungi aksi, - deydi Usmonov. Biz qandaydir yutuqlarni qo'lga kirityapmizu, o'z qozonimizda qaynayotgan ayrim muammolarning ildizini ko'rmayapmiz va ko'rmaganga olyapmiz. Biz kelishilgan o'yinlarga qarshi avvaldan kurashib kelamiz. Bugungi kunda bunday o'yinlarning borligi haqida matbuot bekorga bong urmayapti. Ayrim ishqibozlarning OAVdagi chiqishlari va matbuotdagi maqolalarni ko'rib, bu masalani Ijroqo'm azolariga jiddiy ko'rib chiqib, qatiy chora-tadbirlan belgilanishini tavsiya qilaman. O'zbekiston Futbol Federaciyasi bugun mana shunday jirkanch ishlarni fosh qilish uchun davlat organlari bilan ishlashga tayyor.

Ijroqo'm azolari O'zbekiston Futbol Federaciyasi Prezidenti Mirabror Usmonov tomonidan ko'tarilgan ushbu masala yuzasidan boshqa taklif va mulohazalarni tinglab, futbol bo'yicha O'zbekiston Oliy ligasi va Birinchi liga musobaqalari reglamentiga shu haqdagi bandni kiritish haqida Qaror qabul qildilar. SHu bilan birga kelishilgan o'yinlarda ishtirok etgan har qanday shaxs futbol oldidagi xizmatlaridan qati nazar futboldan butun umrga chetlatilishi haqida ham Qaror qabul qilindi.

Ijroiya Qo'mita azolari ko'rib chiqqan yana bir muhim masala terma jamoalar faoliyatiga dahldor bo'lib keng muhokamaga sabab bo'ldi.

Men bu haqda alohida gapirmasam bo'lmaydi, - deydi majlisni olib borgan Usmonov. Tarkibni murabbiy tanlaydi, tanlayversin, marhamat. Futbolchilar ro'yxatini u tuzadi, tuzaversin, marhamat. Murabbiyning ishiga aralashmaymiz. Haqqimiz yo'q. Lekin, mana shu erda tanish-bilishchilik, mahalliychilik va urug'-aymoqchilik bo'lsa, biz bunga jim qarab turolmaymiz. Har bir futbolchi terma jamoaga chaqiralayaptimi, odillik bo'lsin. Hech kim kimningdir qarindoshi bo'lganligi sabab terma jamoaga kelishiga yo'l qo'ymaymiz. Terma jamoa xalqniki va xalqning eng kuchli futbolchilari uchun terma jamoa eshiklari ochiq. Bosh murabbiy yoki murabbiylar shtabiga agar terma jamoa ichidagi yoki atrofidagi shaxslardan bosim bo'lgan taqdirda ham O'zbekiston Futbol Federaciyasi bunday bo'lmasligi uchun bor imkoniyatini ishga soladi.

O'zbekiston Futbol Federaciyasining Ijroqo'm azolari ushbu masalani ham bir ovozdan qo'llab-quvvatladi va Qaror qabul qildi. 1 fevralga qadar bo'lgan muddat ichida Terma jamoalar markazining texnikaviy masalalar bo'yicha mutaxassislar guruhi terma jamoalarga futbolchilarni jalb qilish bo'yicha mavjud mezonlarni ko'rib chiqadi. Mahalliychilik, tanish-bilishchilik va urug'-aymoqchilik holatlariga yo'l qo'yilmaslik, yo'l qo'yilgan taqdirda futboldan butunlay chetlatish kabi masalalarni o'z ichiga olgan terma jamoaga nomzod futbolchilarni jalb qilishning yangi tartibi ishlab chiqiladi.

Ijroqo'm azolari, shuningdek, Toshkentda FIFA va OFK musobaqalarining stadionlari reglamentiga to'la javob beradigan yangi, zamonaviy va hashamatli futzal saroyini qurish bo'yicha ham qaror qabul qildi. Ushbu masala yuzasidan O'zbekiston Futzal Uyushmasi Prezidenti Fazliddin Sirojiddinovga ham topshiriqlar berildi. Fevral oxiriga qadar futzal saroyining qurilishi bilan bog'liq taklif va mulohazalar kiritilishi belgilab qo'yildi.

Bolalar-o'smirlar futbolini rivojlantirish maqsadida O'zbekiston Futbol Federaciyasida yangi boshqarma ham tashkil qilinadigan bo'ldi. Yangi boshqarmaning ishchi nomi Bolalar-o'smirlar futboli va ommaviy futbolni rivojlantirish bo'lib, uning faoliyati juda keng bo'lishi kutilmoqda. Bugunga qadar shu nomdagi bo'lim, endilikda, alohida boshqarma bo'lib ajralib chiqadi, uning tarkibida texnikaviy bo'lim tashkil qilinib, u katta futbol, mini-futbol, ayollar futboli va mini-futboli va plyaj futbolini nazorat qiladi.

Majlisda, shuningdek, O'zbekiston Futbol Federaciyasi, Professional Futbol Ligasi, O'zbekiston Futzal Uyushmasi, O'zbekiston ayollar futboli, ayollar futzali va plyaj futboli, shuningdek, Terma jamoalar markazining 4 yillik istiqbolli tadbirlar rejasi ishlab chiqilishi yuzasidan ham qaror qabul qilindi. 1 fevralgacha bo'lgan muddat ichida yuqoridagi barcha strukturalar O'zbekiston Futbol Federaciyasi Kotibiyatiga ish rejalarini topshirishlari belgilab qo'yildi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика