So’nggi yangiliklar

12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  0 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  1 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  4 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  4 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  0 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  10 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  5 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  3

PFL “Iftixor”ga nima uchun texnik mag'lubiyat yozilganini elon qildi Yangiliklar

PFL “Iftixor”ga nima uchun texnik mag'lubiyat yozilganini elon qildi

Teglar :  IftixorNurafshon
Pro-Liga “B” guruhida ishtirok etuvchi Oltiariqning “Iftihor” futbol klubi bugungi 36-tur doirasidagi uchrashuvda o'z maydonida Toshkent viloyatining “Nurafshon” futbol klubiga qarshi maydonga tushishi kerak edi.

Ammo, mezbon jamoaning uchrashuvga kelmagani, reglament asosida uchrashuv rasmiylarini kutib olmagani, shuningdek, Tartib-intizom kodeksi 5-bob, 5.3 hamda 5.8 moddalari asosida “Iftihor” futbol klubiga ushbu uchrashuvda texnik mag'lubiyat yozildi.

Toshkent viloyatining “Nurafshon” futbol klubiga 36-turda texnik g'alaba yozildi.

Takidlash lozim, O'zbekiston Professional Futbol Ligasi Pro-Ligada ishtirok etuvchi “Iftihor” futbol klubini stadion infratuzilmasi, shuningdek, klubdagi kamchiliklar uchun ogohlantirgan  edi. Ammo, klub mutasaddilari ushbu ogohlantirishlardan xulosa qilmay, 36-turda mehmon jamoaga xurmatsizlik ko'rsatdi va uchrashuvga tashrif buyurmadi. SHuningdek, reglament asosida uchrashuvga 90 daqiqa qolganida mahalliy IIB hamda Tez yordam xodimlari kelmaganini, uchrashuv akti qilinmaganini takidlash lozim. Aynan mana shu holatlar inobatga olinib, “Iftihor” FKga uchrashuvda texnik mag'lubiyat yozildi.

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика