So’nggi yangiliklar

13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  1 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   2 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  8 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  14 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  15 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  13 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  7

PFL bosh direktori: "Klublarga xat borgani reglament aniq o'zgaradi degani emas" Yangiliklar

PFL bosh direktori: "Klublarga xat borgani reglament aniq o'zgaradi degani emas"

Kecha PFL tomonidan Superliga klublariga yuborilgan xat ijtimoiy tarmoqlarda rosa "aylandi".

Xatning foto shaklini saytimiz o'quvchilari ham ko'rgan bo'lsa kerak. SHuningdek, bu xat futbolga oid boshqa saytlarda ham chiqdi. SHundan beri bu borada ko'pchilik o'z fikrini bildirmoqda, ijtimoiy tarmoqlarda esa qizg'in muhokamalarga sabab bo'lyapti.

Gap shundaki, PFL Superliga reglamentiga o'zgartirish kiritish borasida klublar taklifini bilish uchun xat jo'natgan. Xatning qisqacha mazmuni: reglamentda belgilab qo'yilgan "oltin ochkolar" qoidasini bekor qilib, 22-tur o'yinlaridan keyin chempionatni jamoalar shu paytgacha yig'gan mavjud ochkolar bilan davom ettirish. Ammo aytib o'tganimizdek, bu xatning internetda tarqalishi ko'plab gap-so'zlarga sabab bo'ldi.

Biz esa vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida PFL bosh direktori Omon G'ofurov bilan bog'landik. O'z navbatida Omon Fayzullaevich shunday dedi:

- "Ertalabdan shu ahvol. Hammayoqda vahima. Odamlar reglament o'zgararkan deb gap tarqatishyapti. Avvalo shuni aytishim kerak, nimadir o'zgaradigan bo'lsa, biz buni rasman elon qilamiz. Qolaversa Superliga klublariga xat bordi degani reglament aniq o'zgaradi degani emas. Biz faqat klublarning ham "oltin ochkolar" qoidasiga fikrini bilish maqsadida xat jo'natdik. CHunki hozirda yuqori va quyi oltilik jamoalari deyarli hal bo'lib ulgurdi va buning natijasida bazi klublarning keyinchalik o'zi bilan bitta guruhda bo'lmaydigan klublarga qarshi o'yini "kerakmas"ga o'xshab qolyapti. Ularda g'alabaga bo'lgan ishtiyoq ko'rinmayapti. Malumki, PFLning maqsadi Superligani imkon qadar yuqori saviyada o'tkazish, buning barcha takliflarni o'rganib chiqishga tayyormiz".

X.Xoliqov.

Reyting: -221   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика