So’nggi yangiliklar

02:28"Барселона" - Испаниянинг 28 карра чемпиони!  42 01:42Бруну Фернандеш: "Умид қиламанки, келаси йили энг яхшиси мен бўлмайман"  0 00:55Карим Бензема ва "Ал Иттиҳод" - Саудия Арабистони чемпиони!  3 00:35Альба шартномани узайтарди  0 23:57ЛаЛига. "Атлетико" сафарда мағлуб бўлди  1 23:20Россия термаси Осиёда Аргентинага қарши ўйнаши мумкин  6 22:59АПЛда мавсумнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодлар маълум!  6 22:28АПЛда мавсум мураббийи бўлиш учун номзодлар маълум қилинди  1 21:43Эрон. "Персеполис" мавсумни ишончли ғалаба билан якунлади, Остон Ўруновдан гол!  5 21:24АПЛда мавсум футболчиси ким бўлади? Номзодлар билан танишинг  5 20:44"Милан"дагилар бош мураббий ва Феликс борасида бир қарорга келди  6 20:22"Ливерпуль" "Байер" футболчиси билан келишиб олди  9 19:56"Барселона" асосий футболчиларидан бири бир неча ўйинларни ўтказиб юборади  9 19:29ПСЖ голеадор ҳужумчини ёзги трансфер мақсадларидаги устувор номзодга айлантирди  2 18:58"Ал Насср" юлдузи жамоадан кетмоқчи  9

Petar Segrt: "FIFA reytingida Uganda Tojikistondan 30 pog'ona yuqoridaligini unutmaslik kerak" Yangiliklar

Petar Segrt: "FIFA reytingida Uganda Tojikistondan 30 pog'ona yuqoridaligini unutmaslik kerak"

"Navruz Cup-2022" musobaqasi doirasidagi Uganda - Tojikiston uchrashuvidan oldin Tojikiston bosh murabbiyi Petar Segrt matbuot anjumanida qatnashdi.

"Avvalo barchani Navro'z bayrami bilan tabriklayman. O'zbekiston futbol associaciyasi musobaqani yuqori darajada tashkil etganini ayta olaman. Aeroportda kutib olishdan boshlab, mashg'ulot maydonlarigacha barchasi ajoyib. 

Ushbu musobaqa Osiyo kubogi saralashi uchun tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. Hozir qaysidir futbolchilar yo'qligi hech qanday ahamiyatga ega emas, sababi ayni paytda eng kuchli sport formasidagi barcha futbolchilar biz bilan Namanganga keldi. 


- Sizni Namanganda ko'rganimizdan xursandmiz. Yarim finaldagi raqib Ugandaning imkoniyatini qanday baholaysiz? Bundan tashqari "Navbahor" yarim himoyachisi Ehsoni Panshanbe haqida qanday fikrdasiz? 

- Avvalo bizni Ugandadek yaxshi jamoaga qarshi o'yin kutib turibdi. Ehsoni Panshanbe ayni paytda yaxshi holatda va u ertaga maydonga tushadi. Kecha men Tojikiston terma jamoasi bilan ikkinchi bor mashg'ulot o'tkazdim xolos, yigitlarni endi taniyapman. Uganda terma jamoasi bosh murabbiyi juda yaxshi inson. Oldindagi 90 daqiqa davomida biz borimizni berishimiz kerak. Uganda terma jamoasi FIFA reytingida 30ta o'rin yuqoridaligini unutmanglar. Ugandani hurmat qilamiz, uning kuchli tomonlarini bilamiz, kichki tahlil ham qildik. Ammo o'z o'yinimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. 

- Terma jamoamizda 11 nafar futbolchi turli sabablarga ko'ra yo'q. Ammo ular Osiyo Kubogi saralashiga qadar safimizga qaytishlariga umid qilaman. 


- So'nggi yillarda O'zbekiston chempionatida tojikistonlik futbolchilar ko'payib qoldi. Ular haqida nima deya olasiz? 

- Faqat O'zbekiston chempionatida o'ynayotgan futbolchilarni alohida ko'rsatmoqchi emasman, men uchun 17 yosh bo'ladimi yoki 34 yoshmi farqi yo'q, barcha birdek. Biz faqat stadionga kelgan muxlislar uchun emas, balki TV orqali kuzatib boradigan tojikistonlik muxlislar uchun ham o'ynaymiz".

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика