So’nggi yangiliklar

16:27Родриго Лондон клубига ўтиши мумкин  2 15:55Жек Грилиш А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  0 15:22"Наполи" "Арсенал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:51Рэшфорд "Барселона"га ўтиш учун маошини пасайтириши мумкин  1 14:22"Милан" "Манчестер Сити"нинг Рейндерс бўйича таклифини рад этди  3 13:58АПЛ клуби ёзги трансферлар ойнасида 180 миллион евро сарфлашга тайёр  1 13:30Ди Мария "Бенфика"ни тарк этмоқчи  0 13:04Де Брюйне фаолиятини АПЛнинг бошқа клубида давом эттиришини истисно қилмади  2 12:38"Реал" футболчиси тез орада фаолиятини якунлашини маълум қилди  6 12:11Сане АПЛ клубига текинга ўтиши мумкин. "Бавария" вингерининг қиз дўсти Англияга қайтишни истамоқда  8 11:44"Динамо" футболчилари "Бухоро"га қарши ўйин ҳақида қандай фикрлар билдиришди?  0 11:32"Реал" сотиб юборган футболчисини қайта харид қилиши мумкин  16 11:15"Бухоро" футболчилари "Динамо"га қарши ўйин ҳақида қандай фикрлар билдиришди?  0 11:05Sofascore. "Ал Файха" ғалаба қозонган баҳсда Шукуров қандай баҳо олди?  0 10:38“Реал Мадрид“ ПСЖнинг етакчиларидан бирини сотиб олмоқчи  19

PES 2016ning rasmiy treyleri va o'yin haqida yangi malumot Yangiliklar

PES 2016ning rasmiy treyleri va o'yin haqida yangi malumot

Futbol simulyatorining yangi talqinining treyleri va yangi malumotlarini etiboringizga havola etamiz.

TAS-IX


TAS-IX emas



To'qnashuvlarning yangi tizimi - PES 2016da to'qnashuvlar yanada ishonarli bo'ladi, chunki tizimda futbolchilarning bir-biriga tegishi aniqroq hisoblangan.


Ikkinchi qavat - Fizikaning yangi tizimi tufayli ikkinchi qavatdagi kurashlar umuman o'zgacha ko'rinish oladi. CHap tugma bilan havoda qo'l yoki bosh bilan o'ynab to'p uchun raqib bilan kurashishingiz mumkin.


1x1 boshqaruv - PES 2016da himoyachi va hujum qilayotgan futbolchi boshqaruvida yanada katta imkoniyatlar yaratildi. Boshqa futbolchiga o'tish vaqti kamaydi va virtual futbolchilarni boshqarish va menyovrlar qilish osonlashdi. Bu tizim tufayli dirblingda ham o'zgarishlar sodir bo'ldi, endi siz boshqarayotgan futbolchi harakat yo'nalishini bir zumda o'zgartira oladi va himoyalanayotgan futbolchi muvozanatini yo'qotishi mumkin. "Birga-bir" boshqaruv tizimining yangi rejimi maydonda bo'layotgan voqealarni umuman o'zgartirib yuborishi mumkin.


Ideal himoya - Kerakli vaqtda to'g'ri qaror qabul qilish bilan siz hujum qilayotgan futbolchini turtib yuborib, to'pga ega bo'lishingiz mumkin.


Futbolchining suniy aqli - Jamoa uchun o'rnatilgan taktikaga binoan ikki-uch futbolchi ishtirokida kombinaciya uyushtiriladi.



Darvozabon ID - Sifatni yaxshilash va ijroda takrorlanmas individuallik qo'shish maqsadida darvozabonlarga yangi harakatlar qo'shildi: to'pni ilib olish, erkin zarbani manzilsiz tepish, to'pga tayyorlanish va joy tanlash. Bu sifatlar darvozabonga yangi harakatlar qo'shadi va siz ulardan nima kutish mumkinligini bilib olasiz.


Gol nishonlashni boshqarish - Bu o'yinda yangi sifat qo'shildi, endi o'yinchilar gol nishonlashni to'liq boshqara oladi. Bu imkoniyat maxsus belgini bosganingizdan so'ng paydo bo'ladi.



Yangi master-liga - Mashhur va juda ommabop rejim to'liq yangilandi. Siz endi futbol olamiga butunlay kirib ketasiz. Rejimdagi har bir element qayta ishlandi, yangi transferlar tizimi ishga tushdi. Endi bu bir kishi uchun eng yaxshi rejimlardan biri.



Yangi vizual effektlar - O'yinning yangi qismida turli xil yangiliklar bor: Yomg'ir sachrashi, futbolchilarning maydonda sirpanishi, tunda yangicha yoritish tizimi va haqiqiy chim!



Dinamik ob-havo - PESda ilk bora dinamik ob-havo qo'llaniladi, endi yomg'ir o'yin boshidan emas, uchrashuv vaqtida yog'ib yuborishi mumkin. To'pning yanada reallashitirilgan fizikasi bilan yomg'ir futbolchilarning harakatini o'zgartirib yuborishi mumkin. Himoyachilar "birga-bir"da sirpanib ketish yoki yilib tushish imkoniyatlari ko'p. Bu tizim o'yinning barcha rejimlarida amalda bo'ladi va uchrashuv natijasiga katta tasir o'tkazishi mumkin.



Inson harakatlari - Haqiqatga yaqinroq harakatlar qidirib, yaratuvchilar 3 marta ko'proq animaciya qo'shishdi. Siz darvozabon seyvlari, zarbalari va maydondagi futbolchilar o'tishlarining yangi animaciyasi guvohi bo'lasiz. Bundan yangi 1x1 tizim ham yutadi, chunki hujum qilayotgan futbolchi fintlar yordamida raqibni noto'g'ri tomonga harakatlantirishi mumkin.


To'pning yangi fizikasi - So'nggi bir necha yil davomida o'yin to'pning realistik fizikasida katta yutuqlarga erishdi. PES 2016da fizika haqiqiylikning yangi cho'qqisiga chiqdi. Har bir aylanish, rikoshet haqiqiy to'p yordamida hisoblab chiqildi va endi bunday vaziyatlarda tasodif o'zgacha ahamiyat kasb etadi.


MyClub - PES 2015da ushbu rejim ishga tushganidan so'ng siz har hafta yangilanishlarni qabul qilganmiz, bu tizim foydalanuvchilar yordamida yaxshilandi. Yangi qismda "Futbolchi darajasi" tizimi qo'shildi. Bu haqda keyinroq to'liq malumot beramiz.


Kameraning dinamik keng burchak ko'rish qobiliyati - Yangi burchak yordamida maydonni kuzitshda yanada katta imkoniyatga ega bo'lasiz. Bu imknoiyat yordamida futbolchilaringiz bilan harakatlanish, kurashlarda ishtirok etish osonroq bo'ladi. To'p maydonning qaysi burchagidaligiga qarab kamera eng yaxshi ko'rinishni tanlaydi.


Tasvirning PS4ga yuborilishi - O'zgaritirish rejimi PES qismlarining sinonimi hisoblanadi va bu erda ham yangilanishlar amalga oshirildi.


Oldinroq KONAMI kompaniyasi UEFA turnirlarining licenziyasini yana uch yilga uzaytirganini malum qilgan edik.


O'yin 18 sentyabrda chiqishi rejalashtirilgan. O'yin haqida yanada ko'p malumotni 16 iyunda start oladigan E3 ko'rgazmasida bilib olishimiz mumkin.


Eslatib o'tamiz, ushbu qismda (PES 2016) bu mavsum OCHLda ishtirok etgan klublarimiz ham bo'ladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика