Perulik hakam besh daqiqa ichida beshta qizil kartochka ko'rsatdi
19 may 2015 12:43
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/172595_original.jpg)
![](/upload/storage/172595_220.jpg)
Perulik hakam besh daqiqa ichida beshta qizil kartochka ko'rsatdi
Peru chempionatining 5-turida "Alyansa Lima - "Real Garsilaso" uchrashuvini boshqargan hakam Ramon Blanko bahsning so'nggi daqiqalarida beshta qizil kartochka ko'rsatdi.
Uchrashuvning 86 daqiqasida mezbon jamoa futbolchisi Gabriel Kosta chetlatildi, biroz o'tib bu qarorga etiroz bildirgan bosh murabbiy Gilermo Sanginetti ham maydonni qizil kartochka tufayli tark etdi. O'yinning qolgan daqiqalarida "Alyansa Lima" jamoasining yana uch futbolchisiga qizil kartochka ko'rsatildi. Bahs mehmonlarning 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Hakamlik tufayli tribunada ommaviy tartibsizliklar kelib chiqdi. Hakam stadionni policiya xizmati xodimlari yordamida tark etdi.
Peru professional hakamlar associaciyasi Roman Blankoning ishiga ijobiy baho berdi va uni "Feysbuk" tarmog'i orqali tabrikladi.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar