So’nggi yangiliklar

01:32Илҳом Абдуғаниев: "Биргина пенальти барчасини ҳал қилди"  0 01:10Максим Шацких: "Насаф"дан қўрққанимиз йўқ. Истасангиз мени Хави деб атанг, менга фарқи йўқ"  0 00:42Усмонали Исмоналиев: "Иккинчи бўлимда ҳакамлар қандай ишлаганини тушунмадик. Пенальти йўқ эди"  12 00:27Рўзиқул Бердиев: "Биз Суперкубок ва Кубокда хет-трик қилибмиз-ку. Роналду катта эҳтимол билан бизни сотиб олса керак, биз уни эмас"  2 00:14Расман: "Барселона" ва Ямал шартномани узайтирди  1 23:44Абдувоҳид Неъматов: "Кимдир имконият берганида балки, пенальтини тепган бўлардим"  1 23:30Ўзбекистон Суперкубоги. "Насаф" - "Андижон" 1:0  0 23:15Бектемир Абдуманнонов: "Омад биз томонда бўлмади"  7 22:55Шерзод Насруллаев: "Бу ҳали бошланиши, бундай ғалабалар кўпроқ бўлишига ҳаракат қиламиз"  12 22:24Ҳусайн Норчаев: "Совринни ота-онамга бағишлайман"  8 21:55Иско финал олдидан қандай фикрда?  0 21:38"Насаф" - 2025 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби!  234 20:51Симоне Инзаги "Олтин тўп"ни ким олиши кераклигини айтди  10 20:29"Барселона" Шенсни бўйича қарор қабул қилди  3 19:52Хаби Алонсонинг "Реал" бош мураббийи этиб тайинланганидан кейинги илк фикрлари  7

"Nasaf" "Ozodi"da taslim etildi Yangiliklar

"Nasaf" "Ozodi"da taslim etildi

Teglar :  PersepolisNasaf
OCHL 1-turidan o'rin olgan "Persepolis" - "Nasaf" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

OCHL-2018. “S” guruhi, 1-tur
“Persepolis” (Eron) – “Nasaf” (O'zbekiston) 3:0
13.02.2017. Tehron sh. “Ozodi” stadioni.
Bosh hakam
: Kim Dong Jin (J.Koreya)
Yordamchi hakamlar: Sung Bonkyun (J.Koreya), Kvak Suyungsun (J.Koreya)
Zaxira hakami: Dmitriy Mashencev (Qirg'iziston)
Nazoratchi: Muhammad Basil Alhajjar (Suriya)
Uchrashuv komissari: Sivakumar (Singapur).
Gollar: Godvin Mensha 20, - 1:0. Ali Alipur 67, - 2:0. Ali Alipur 71, - 3:0.
"Persepolis": 1.Alirizo Beiranvand, 2.Sodiq Muharrami, 3.SHojaei Xalilzoda, 4.Said Jalol Hussayni, 10.Farshad Ahmadzoda (5.Bashar Resan, 85), 13.Hussayin Mahini, 15.Muhammad Ansari, 18.Muhsin Rabkiha, 19.Vohid Amiri (11.Kamoliddin Kamyabinia, 73), 70.Ali Alipur, 90.Godvin Mensha
Zaxira: 44.Bozidar Radoshevich, 8.Ahmad Nurullohi, 69.Ali Muslih, 77.Muhsin Musulmon, 88.Siamak Nemati

"Nasaf": 35.Sanjar Quvvatov, 6.Azizjon G'aniev, 7.Odiljon Hamrobekov (8.Sanjar Rashidov, 72), 14.SHarof Muhitdinov, 17.Doniyor Narzullaev (27.Islom Rashidxonov, 87), 20.Islom Kenjaboev (10.Bobur Abdixoliqov, 72), 22.Igor Golban, 55.Slavko Lukich, 69.Dragan CHeran, 77.Jasur Hasanov, 92.Umar Eshmurodov
Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 4.Maqsud Karimov, 5.G'olib G'aybullaev, 31.Saydullo Rahmatov

Ogohlantirishlar: SHarof Muhitdinov 39, Slaven Lukich 64


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



90+3. O'YIN TUGADI! "Persepolis" - "Nasaf" 3:0

90+1. ZARBA! Sanjar Rashidov to'pni osmonga qarab tepdi!

90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shildi. 

87. O'zgarish. "Nasaf". Doniyor Narzullaev o'rniga Islom Rashidxonov tushdi

86. ZARBA! Ali Alipurning kuchli zarbasini bu safar Quvvatov qaytardi!

86. ZARBA! Jasur Hasanovning kuchli zarbasini Beiranvand qaytardi!

85. O'zgarish. "Persepolis". Farshad Ahmadzoda o'rniga Bashar Resan

81. O'ng qanotdan Narzullaev havodan to'p uzatdi, darvozabon o'z o'rnida

76.ZARBA! To'p jonli devordagi futbolchilarga tegib maydonni tark etdi.

76. Quvvatov Golbanning oshirgan to'pnini ushlab olgani uchun hakam jarima maydoni ichidan erkin zarba belgiladi.

75. Uchrashuvni ko'rish uchun "Ozodi" stadioniga 25830 tomoshabin keldi

75. ZARBA! CHeranning zarbasi darvoza yonidan o'tib ketdi!

73. O'zgarish. "Persepolis". Vohid Amiri o'rniga Kamoliddin Kamyabinia tushdi

72. O'zgarish. "Nasaf". Kenjaboev va Hamrobekov o'rniga Abduxoliqov va Rashidov tushdi

71. Bu safar chap qanotdan hujum uyushtirildi, jarima maydoni ichida hujumchi bemalol to'pni qabul qilib olib chap oyog'i bilan gol urdi - 3:0.

71. GOL! ALI ALIPUR! 3:0 

69. Kenjaboev hujumga o'tdi, ammo sirg'anib ketib to'pni yo'qotdi

66. O'ng qanotdan tashkil etilgan hujumdan so'ng Ali Alipur yaqin masofadan gol urdi - 2:0.

66. GOL! ALI ALIPUR! 2:0

64. Ogohlantirish. Slaven Lukich

63. Doniyor Narzullaevning o'ng qanotdan uzatgan to'pini himoyachilar qaytarishdi

60. Mezbonlar burchak to'pini amalga oshirishdi, Quvvatov o'z o'rnini tark etib chiqdi, Lukich to'pni qaytardi! 

58. ZARBA!! CHeranning pasidan so'ng Islom Kenjaboevning zarbasini darvozabon qaytardi!

55. "Persepolis"ning hujumlari xavfli chiqmoqda. Quvvatov o'z o'rnida

51. Endi mezbonlarning hujumi! Golban to'pni qaytardi!

49. "Nasaf"ning hujumi, chap qanotdan uzatilgan to'pni himoyachilar qaytarishdi

46. Ikkinchi taym boshlandi


45+2. Birinchi bo'lim yakunlandi. "Persepolis" hozircha 1:0 hisobida oldinda 

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shib berildi

43. CHeran hozir Hussayin Mahiniga qarshi keskin o'ynadi. Raqib futbolchisi shifokorlar yordam ko'rsatishdi.

41. "Persepolis" futbolchisi xatoga yo'l qo'ydi, CHeran bundan foydalana olmadi!

39. Xavfli vaziyat! Quvvatov jamoasini qutqardi! 

39. Ogohlantirish. SHarof Muhitdinov

38. Uchrashuvdagi golni saytimizning telegramidagi kanalida ko'rish va ko'chirib olish mumkin. KANALGA O'TISH

37. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAA! AZIZJON G'ANIEVning kuchli zarbasini darvozabon qaytardi!

33. Xavfli vaziyatttt! Hasanov autdan to'pni Odiljon Hamrobekovning zarbasi biroz noaniq chiqdi! 

32. Jasur Hasanov burchakdan to'p uzatdi, Golbanning zarbasi yana himoyachiga tegdi va maydonni tark etdi. Burchak to'pi

31. "Nasaf"ning tezkor hujumi. Narzullaevning o'ng qanotdan uzatgan to'pini CHeran darvozaga yo'llashga urindi, to'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi

30. Lukich havodagi kurashda Mensha bilan to'qnashib ketdi. Unga shifokorlar yordam berishdi.

28. Gol urgach "Persepolis" ancha erkin o'ynay boshladi

20. O'ng qanotdan tashkil etilgan hujumda Vohid Amiri havodan to'p uzatdi, Mensha boshi bilan hisobni ochdi - 1:0.

20. GOL! GODVIN MENSHA! 1:0

19. ZARBA! Farshad Ahmadzodaning aniq zarbasini Quvvatov egallab oldi

17. "Persepolis" to'purari Ali Alipur hujumga o'tdi, Golban to'pni undan olib qo'ydi!

14. Islom Kenjaboev chap qanotdan oldinga o'tdi, ikki himoyachi uni to'psiz qoldirishdi

14. Hasanovning o'zi burchak to'pini amalga oshirdi, Beiranvand o'z o'rnida

13. Xavfli vaziyat! Jasur Hasanov o'ng qanotdan oldinga o'tdi va to'pni sheriklariga uzatishga urindi, burchak to'pi ishladi

11. "Persepolis"ning hujumlari keskinlashmoqda!

10. ZARBAAAAAA! GODVIN MENSHA! Hujumchi akrobatik zarba berdi, Eshmurodov bu safar ham hujumni qaytardi! 

8. Xavfli vaziyat! Mezbonlarning hujumi, Sanjar Quvvatov to'pni qaytardi! 

7. SHarof Muhitdinovning xatosini Umar Eshmurodov to'g'riladi

5. "Nasaf" futbolchilari to'p bilan ko'proq muomala qilishmoqda. Bu esa quvonarli holat

3. Dastlabki daqiqalarda tomonlar bir birlarini o'rganishmoqda.

1. Uchrashuvni mezbonlar boshlab berishdi.

- O'YIN BOSHLANDI! OLG'A NASAF! 

- Diqqat qiling, ikkala jamoa azolari maydonga tushib kelishmoqda

- Ikkala jamoa chigalyozdi mashg'ulotlarini olib bormoqda.

- O'yin soat 18:45da Tehrondagi "Ozodi" stadionida boshlanadi.  

Reyting: +49   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика