Perishich "Inter"ga qaytadi
01 iyu 2020 11:40
Yangiliklar
Perishich "Inter"ga qaytadi
"Bavariya" rahbariyati "Inter" yarim himoyachisi Ivan Perishichni xarid qilish huquqidan foydalanmaydigan bo'ldi.
Xorvatiyalik futbolchi bir mavsum davomida "Bavariya"da ijara asosida to'p tepdi.
SHartnoma imzolanmasligiga sabab esa xorvatiyalik futbolchining yoshi, uning talab qilayotgan maoshi va zaxira o'yinchisi maqomidir.
Oldinroq, "Bavariya" tez orada "Manchester Siti" vingeri Leroy Sane bilan shartnoma imzolashi deyarli aniq bo'lgandi.
Perishich joriy mavsum Bundesliga doirasidagi 22 (11tasida zaxiradan o'yinga qo'shilgan)ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar