Per Martesaker: “Bugungi o'yin mavsumdagi eng qiyin o'yin bo'ldi”
09 dek 2013 11:29
Yangiliklar


Per Martesaker: “Bugungi o'yin mavsumdagi eng qiyin o'yin bo'ldi”
Londonning “Arsenal” klubi himoyachisi Per Martesaker, jamoasining “Everton”ga qarshi durang o'ynaganini (1:1) izohlab o'tdi.
“Bugungi o'yin mavsumdagi eng qiyin o'yin bo'ldi. Ular o'yinning boshidan bizga qiyinchiliklar tug'dira boshlashdi. Ikkinchi bo'limda ikkala tomonda ham yaxshi vaziyatlar bo'ldi. SHu sababli durang adolatli natija bo'ldi”, - Martesakerning so'zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.

Fikrlar