Per-Emerik Obameyang: Terri Anri barcha hujumchilarga o'rnak uchun namuna
01 fev 2018 00:15
Yangiliklar
Per-Emerik Obameyang: Terri Anri barcha hujumchilarga o'rnak uchun namuna
“Arsenal”ning yangi hujumchisi Per-Emerik Obameyang klub bilan shartnoma imzolagach o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
“Vanihoyat! Bu erda ekanligimdan xursandman. Endilikda Mikki (Mxitaryan) bilan bir jamoadaman. Ajoyib jamoada ekanligimdan baxtliman. Tarixi boy bo'lgan London klubida buyuk futbolchilar to'p tepgan. Jumladan, Terri Anri. Anridagi menga yoqadigan eng yaxshi hislat bu kamtarlik va ko'p gollarni kirita olish qobiliyatidir. U barcha hujumchilarga o'rnak uchun namuna. Unga o'xshash uchun ko'p ishlash kerak va men bunga harakat qilaman.
O'yin uslubim? Tezkorman, Anri bilan o'xshash taraflarimiz ko'p. Biroq yana takrorlayman men juda ko'p ishlashim kerak”,— deydi Obameyang.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar