Pepe 2 yilgacha diskvalifikaciya qilinishi mumkin
15 fev 2022 07:55
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/682981_original.jpg)
![](/upload/storage/682981_220.jpg)
Pepe 2 yilgacha diskvalifikaciya qilinishi mumkin
Portugaliya chempionatida “Portu” hamda “Sporting” uchrashuvi (2:2) yakunlanganidan ikkala jamoa o'rtasida janjal yuzaga keldi.
38 yoshli Pepe raqib jamoa sport direktorini urgani haqida bosh hakam Joau Pinero o'z hisobotida keltirdi.
Musobaqa reglamentiga ko'ra, bu harakati uchun futbolchi 2 oydan 2 yilgacha diskvalifikaciya qilinadi.
SHu kabi jazo “Sporting” o'yinchisi Bruno Tabataga ham taaluqli. U “Portu” direktorini turtib yuborgan.
Eslatib o'tamiz, mazkur uchrashuv davomida 5 ta qizil va 11 ta sariq kartochka ko'rsatilgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar