Pep Mourinyuga javob berdi
07 dek 2024 15:36
Yangiliklar
Pep Mourinyuga javob berdi
1 dekabr kuni "Liverpul" "Manchester Siti"ni 2:0 hisobida taslim qildi. Uchrashuv oxirida "Enfild"ga kelgan muxlislar Pepga "Ertalab seni haydashadi!" deb baqirishdi. Murabbiy javob tariqasida ularga 6ta barmog'ini ko'rsatib, APLdagi chempionliklari soniga ishora qildi.
Keyinroq uni Mourinyuga solishtirgan muxlislarga javob berdi: "Menda 6ta APL sovrini bor, Mourinyuda 3ta".
Joze esa quyidagicha izoh bilan yuzlandi: "U 6ta sovrin yutgan bo'lsa, men 3ta, lekin hammasi halol. 150ta ishni ko'rib chiqishmaguncha g'alabalarni xohlamagan bo'lardim".
"Bu xazil edi. Ammo endi u ham "Manchester Siti"ni quyi ligaga jo'natishni xohlovchilar ro'yxatida. Men Jozega shunday degan bo'lardim: Biz aybsizmiz, hali hech narsa isbotlangani yo'q. Keyin nima bo'lishini ko'ramiz.
Bu xazil bo'lgan. Men "Siti", u "CHelsi" bilan yutgan sovrinlari uchun ser Aleks Fergyuson va Arsen Venger bilan bir stolda o'tirishga loyiqmiz deb o'ylayman.
Agar Jozeni xafa qilgan bo'lsam, afsusdaman. Ammo bu xazil edi. Ammo men 6ta, u esa 3ta sovrin yutgan. Bu fakt" - dedi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar