Pep Gvardiola: "Matbuotga ko'ra, "Siti" 500 kishiga qiziqmoqda, lekin Ederson va Ortega qoladi"
04 iyu 14:00
Yangiliklar


Pep Gvardiola: "Matbuotga ko'ra, "Siti" 500 kishiga qiziqmoqda, lekin Ederson va Ortega qoladi"
Pep Gvardiola darvozabonlar o'yini va ular bilan ishlashni tushunmasligini aytdi.
"Manchester Siti" bosh murabbiyidan "shaharliklar"ning "Espanol" darvozaboni Joan Garsiyaga qiziqishi haqidagi mish-mishlarga izoh berishni so'rashdi, u "Barselona"ga o'tishga yaqin.
"Matbuot xabarlariga qaraganda, "Siti" 500 o'yinchiga qiziqmoqda. "Espanol" posboni Joan Garsiya qanday formadaligini bilmayman. Menga u ajoyib darvozabon deb aytishdi.
Darvozabonlik masalasida men ko'p narsani tushunmayman. Men ularga faqat to'pni to'xtatishlarini aytaman.
Bir necha haftadan beri keyingi mavsum rejalari haqida gaplashyapmiz. Ederson va Shtefan Ortega bizda o'ynashda davom etadi", – dedi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar