Pep Gvardiola: "Madrid" – ECHL qiroli"
18 dek 2019 00:52
Yangiliklar


Pep Gvardiola: "Madrid" – ECHL qiroli"
"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola ECHL 1/8 finali doirasida o'tkazilishi kerak bo'lgan "Real"ga qarshi uchrashuvlar haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bu ajoyib, chunki Zidan – eng zo'rlardan biri. Men u bilan birga o'ynashni orzu qilardim, ammo bu amalga oshmadi. Biz biroz suhbatlashdik, u menda ajoyib taassurot qoldirdi, unga qoyil qolaman. Zidanni yana ko'rish yoqimli.
"Madrid" – bu turnir qiroli. Bizni ajoyib sinov kutmoqda. Fevralda qanday holatda bo'lamiz, "Real"-chi? Ushbu vaziyatda ular bizga nisbatan tajribaliroq, ammo biz doim musobaqada muvaffaqiyat qozonishni xohlaymiz. Bu biz uchun ajoyib tajriba bo'ladi, ishonamanki, ikkita ajoyib o'yin o'tkazamiz", – deydi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar