Pep Gvardiola APL qaroridan norozi
05 okt 2024 13:28
Yangiliklar


Pep Gvardiola APL qaroridan norozi
"Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiola APL 2025/26 masvum startini kechiktirish taklifi rad etilganidan xafa.
CHempionat klublar o'rtasidagi jahon chempionati yakunidan ikki hafta o'tib boshlanadi. Uch kunlik majburiy tatilni hisobga olganda, "shaharliklar"da APL yangi mavsumining birinchi bahsiga tayyorgarlik ko'rish uchun 7 kun vaqti bo'ladi.
"APL tiklanib olishimiz uchun dastlabki ikkita bahs vaqtini o'zgartirishni xohlamadi - ularga katta rahmat.
Menda bir savol paydo bo'ldi: "Nima qilishimiz mumkin?" Bu savolga javob topa olmadik, chunki avval bunaqasiga duch kelmaganman" - dedi "Manchester Siti ustozi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar