So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  51 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Pentekga to'qqizinchi raqamni berishmagandi, chunki... Yangiliklar

Pentekga to'qqizinchi raqamni berishmagandi, chunki...

Bugun “Rossoneri” hujumchilari taqdirida muhim rol o'ynagan raqam haqida suhbatlashamiz.

Pentekning “Milan”dagi raqami borasida omadi keldi. U “lanat”dan qutilib qoldi. “Milan” 23 yanvar kuni ikkita shov-shuvli bitimlarni imzoladi. Avvaliga “Rossonerilar” ijaradagi Gonsalo Iguainni “Yuventus”ga qaytirib berishdi. Bu voqeadan bir necha soat o'tib “Milan” “Jenoa” to'purari Kshishtof Pentekni xarid qilganini malum qildi. Milanning grand klubi polyak uchun 35 million evro sarfladi va o'yinchi bilan 2023 yil yoziga qadar shartnoma tuzdi. Pentek hujumchi Iguain ketganidan so'ng to'qqizinchi raqamni olmoqchi bo'ldi. Lekin “Milan” o'yinchiga bu raqamni berishni maqul topmadi.

“Pentek to'qqizinchi raqamli futbolkani kiyishni istadi, lekin biz avvaliga bunga loyiq o'yinchi bo'lishi kerakligini aytib, unga o'n to'qqizinchi raqamli futbolkani berdik. 19 o'yinda 13ta gol urgan futbolchi bo'lsa-da, bu transfer hali o'zini oqlaydimi yoki yo'q buni hali bilmaymiz. Kshishtof Italiya CHempionati o'yinlariga har tomonlama mos keladi. Barcha muammolar jamoa va murabbiy bilan birgalikda muhokama qilinadi”, — deydi “Milan” sport direktori Leonardo.

Pentek unga bu raqamni berishmaganidan ranjidi. Ammo shunday bo'lgani yaxshilikkadir balki?! Nega deysizmi? Gap shundaki, “Milan”ning afsonaviy to'qqizinchi raqamli o'yinchisi Filippo Indzagi jamoadan ketganidan so'ng, bu raqamda 8ta futbolchi maydonga tushdi. Lekin birortasining omadi yurishmadi. Eng ajablanarlisi, ular orasida yuqori darajada o'ynaydigan futbolchilar ham bor edi.

Aleshandre Pato
2012/13 yilgi mavsum “Milan”da o'ynagan (9-raqam).

Filippo Indzagi nafaqaga chiqqanidan so'ng, Pato undan keyin kelib afsonaviy “to'qqizinchi raqam”ni oldi. Ammo bu son iqtidorli braziliyalikka omad keltirmadi. Bu ham etmaganidek, 2012/13 yilgi mavsum Aleshandrening “Milan”dagi oxirgi faoliyati va butunlay omadsiz yili bo'ldi.

O'sha mavsumning birinchi olti oyida Pato turnirning 7ta o'yinida ishtirok etdi va atigi 2ta gol urdi. Italiya CHempionatida braziliyalik 4 o'yinda qatnashdi, lekin bitta ham gol urolmadi. Patoning “Milan”dagi so'nggi oylari juda mashaqqatli o'tdi. U ko'p jarohat oldi. Klub yanvarda futbolchi bilan xayrlashishga qaror qildi. Pato “Korintians”ga 15 million evroga sotib yuborildi. Futbolchi o'shandan keyin Italiya klublarida faoliyat yuritmadi.

Alessandro Matri
2013/14 yilgi mavsum “Milan”da o'ynagan (9-raqam)

“Rossoneri” kelasi mavsumda hujumni kuchaytirish uchun “Yuventus”dan Alessandro Matrini sotib oldi. Bu o'yinchi ham "to'qqizinchi raqam"da maydonga tusha boshladi. Biroq o'yin uslubidan Filippo Indzagini eslatib yuborgan italiyalik o'zini oqlay olmadi.

Mavsum birinchi yarmida Matri A Seriyaning 15 uchrashuvida bitta gol urdi. SHundan so'ng, yanvarda uni “Fiorentina”ga ijaraga berib yuborishdi. Alessandro “Milan”ga qaytdi, lekin yana boshqa klubga berib yuborildi: “Jenoa”, “Yuventus” va “Lacio”ga bordi. 2016 yil yozda Matri erkin agent sifatida “Sassuolo”ga o'tdi va hamon u erda faoliyat yuritmoqda.

Fernando Torres
2014/15 yilgi mavsum “Milan”da o'ynagan (9-raqam)

Ispaniyalik top-forvard “CHelsi”dan “Milan”ga ijaraga o'tgandi. Undan ko'p narsa kutishdi, ammo undan oldingi ikki o'yinchi kabi u ham “to'qqiz”da omadi yurishmadi va jamoada yarim yil to'p tepdi.

Bu vaqt davomida Torres A Seriyaning 10 bahsida atigi 1ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Oqibatda yanvar boshida “Milan” “CHelsi” bilan kelishib, Torresni 3 million evroga sotib oldi. Biroq ertasiga uni Madridning “Atletiko”siga yillik ijaraga berib yubordi.

Mattia Destro
2014/15 yilgi mavsum “Milan”da o'ynagan (9-raqam)

Torres ketganidan uch hafta o'tib, “Milan” “Roma” bilan kelishgan holda mavsum so'ngigacha Mattia Destroni ijaraga oldi. Italiyalik 2013/14 yilgi mavsumni yomon o'tkazmadi. “To'qqizinchi raqam”ni oldi va bor mahoratini ishga solib, yaxshi o'ynashga harakat qila boshladi.

Ammo Destroning “Milan”da o'tkazgan yarim yili butkul omadsiz o'tdi. A Seriya 15 uchrashuvida 3ta gol — “Rossonerilar” albatta bunday natija kutishmagandi. “Milan” Mattiani “Roma”dan sotib olishni istamadi. O'z navbatida rimliklar 2015 yil yozida "Bolonya" taklif qilgan 8.5 million evroni rad etmadi va Destro "qizil-ko'klar" safiga yo'l oldi.

Luis Adriano
2015/16 yilgi mavsum “Milan”da o'ynagan (9-raqam)

2014/15 yilgi mavsum Luis Adriano CHempionlar Ligasi “SHaxter” tarkibida 9ta gol urishga muvaffaq bo'lgandi. Bu natijalardan qoniqqan “Milan” 2015 yil yozda 8 million evro evaziga braziliyalikni xarid qiladi. Avvaliga Luis Adriano “Milan”da “to'qqiz”ni oldi, lekin bir yil o'tib, bu raqamda omadi yurishmagani uchun uni 7-nomerga o'zgartirdi.

Luis Adriano yarim yil davomida barcha turnir uchrashuvlarida maydonga tushdi va 36 bahsda 6ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. SHubhasiz, “Rossonerilar” bundan xursand emasdi. Bundan tashqari, 2016 yil oxirida “La Repubblica” nashri Luisni Italiya futbolidagi eng yomon transfer deb atadi. 2017 yil “Milan” braziliyalik forvardni Moskvaning “Spartak” klubiga erkin agent sifatida berib yubordi.

Janluka Lapadula
2016/17 yilgi mavsum “Milan”da o'ynagan (9-raqam)

2016 yil yozda “Milan” hammani hayratda qoldirib, “Peskara”ning unchalik mashhur bo'lmagan o'yinchisi Janluka Lapadula bilan shartnoma imzoladi. Bu ham etmaganidek, unga “to'qqiz” raqamli futbolka berishgandi.

Lapadula “Milan”da faqat bir mavsum to'p tepdi (A Seriya 27 uchrashuvida 8ta gol). SHundan so'ng, uni “Jenoa”ga ijaraga berishdi. Keyinchalik genuyaliklar uni 11 million evroga sotib olishdi. Lapadula “Milan”da o'zini yaxshi ko'rsatolmadi deyish qiyin, chunki boshidan undan ko'p narsa kutishmagan.

Andre Silva
2017/18 yilgi mavsum “Milan”da o'ynagan (9-raqam)

Yosh portugaliyalikni ona yurtida "Yangi Ronaldu" deb atay boshlashgan va futbolchi tez orada keng omma etiboriga tushib ulgurgandi. "Milan" ham uni sotib olar ekan, jamoaning yorqin kelajagi asoschilaridan biri bo'lishidan umidvor edi. Klub rahbariyati futbolchini "Portu"dan xarid qilish uchun 2017 yil yozda 38 million evrodan voz kechdi. Ammo amalda barchasi boshqacha tus oldi.

"Milan" safida o'tgan bir yil davomida Andre Silva A Seriyaning 24 uchrashuvida maydonga tushdi va bor yo'g'i 2ta gol urishga erishdi. Bu omadsiz mavsum bo'ldi desak, vaziyatga ancha yumshoqlik bilan baho bergan bo'lamiz. Tabiiyki, adashganini tushunib etgan "Milan" bosslari portugaliyalik bilan hamkorlikni cho'zib o'tirishmadi. Qulay vaziyat tug'ilganida Silva sotib olish sharti bilan bir yillik ijara asosida "Sevilya"ga yo'l oldi.

Gonsalo Iguain
2018/19 yilgi mavsum “Milan”da o'ynagan (9-raqam).

Iguain transferi ko'pchilik uchun kutilmaganda amalga oshdi desak, mubolag'a bo'lmaydi. "Milan" Pipitani "Yuventus"dan bir mavsumga sotib olish huquqi bilan ijaraga olindi. O'shanda klubdagilar argentinalik o'zining eng omadli mavsumlaridagidek sermahsul o'yin ko'rsatadi va jamoa g'alabalariga munosib ulush qo'shadi deb umid qilishgandi. Lekin bu ish o'xshamadi. Oradan yarim yil o'tib, argentinalik hech bir ikkilanishsiz kelgan joyiga qaytarib yuborildi. Keyinroq Gonsalo Londonga yo'l olganidan xabaringiz bor, albatta.

Barcha musobaqalardagi 22 uchrashuvda Iguain bor yo'g'i 8 bor raqib darvozasini ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi. Tabiiyki, Pipitani "Milan"ga taklif qilishayotganda bundan ko'prog'ini kutishgandi. Kim biladi deysiz, balki Londonda eski qadrdoni Mauricio Sarri bilan Gonsalo yana muvaffaqiyat cho'qqisiga qayta olar…


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика