So’nggi yangiliklar

13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  0 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  0 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  0 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  0 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  14 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  2 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  6 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  5 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  1 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0

“Penalty”: Artur Gevorkyan: “Penalti bu lotereya” Yangiliklar

“Penalty”: Artur Gevorkyan: “Penalti bu lotereya”

Qisqa tanaffusdan so'ng loyihamiz yana davom etadi. Navbatdagi mehmonimiz Qarshining “Nasaf” klubi yarim himoyachisi Artur Gevorkyan bo'ldi.

Turkmanistonlik futbolchi bir necha yillardan buyon yurtimizda faoliyat olib borayotgan eng kuchli legionerlardan biri hisoblanadi. Suhbat jarayonida Gevorkyan ancha hazilkash insonligini namoyish qildi.

Matluba Sadullaeva: Bolalik va futbolga kirib kelishingiz haqida gapirib bersangiz...
- Yoshligimdan gimnastika bilan shug'ullanib yurardim. 2 sinfga qadar gimnastikaga qatnashardim. Ammo keyin futbolni yaxshi ko'rib qolib futbolga ham qatnay boshlagandim. Birinchi murabbiyim - Boris Osipovich Grigoryan. “Nisa” futbol maktabida menga tahsil berganlar, biz shaharlar, mamlakatlar bo'ylab musoabqalarda qatnashardik. Bizga etibor yaxshi edi. 


Narzulla Saydullaev: Dastlabki professional klubingiz haqida...
-  Yoshligimda “Nisa” klubida o'ynardim. Tez orada “SHagadam” klubiga ko'chib o'tdim. Professional faoliyatimni aynan shu klubda boshlaganman desam bo'ladi. Ikkala klubdan ham yaxshi xotiralar qolgan.  

Matluba: Nima uchun aynan futbolni tanlagansiz? Boshqa qaysi kasbda o'zizni tasavvur qila olasiz?
- To'g'risi boshqa kasbda o'zimni tasavvur qila olmayman. Xatto yoshligimda ham gimnastikaga qatnagan bo'lsam ham o'zimni gimnastikada tasavvur qila olmaganman. Hozir qaysi kasbda ishlay olardim? Ovqat tayyorlashdan ko'ra uni istemol qilishni yaxshi eplayman (kuladi).

Narzulla: “Esil-Bogatir” va “Ashgabat”dagi faoliyatingiz haqida.
- Qozog'istonga 20 yoshimda ko'chib o'tgandim. Bosh murabbiy Oyrat Saduov Bataevich edi. O'sha erda Zayniddin Tojiev va Rustam SHoymardonov bilan tanishgandim. O'sha paytda Qozog'istonda 3 nafar legioner o'ynashi mumkin edi. Jamoamizda esa 5ta legioner bor edi. “Esil-Bogatir”da yosh bo'lganim uchunmi kam maydonga tushardim. 2006 yil “Ashgabat”ga ko'chib o'tgandim. Ularning Turkiyadagi yig'iniga borib ko'rikdan o'tib jamoa azosiga aylangandim. U erda ham faoliyatim qisqa bo'lgan. 


Matluba: Futbol va oila. O'z oilangiz haqida gapirib bering.
- 2007 yil turmush qurganman. Rafiqam bilan ancha oldin tanishib gaplashib yurardik. Ikkita o'g'lim bor. Turmush o'rtog'im meni tushunadi, futbolni yaxshi ko'radi. Doim qiyin holatda meni qo'llab-quvvatlaydi. Farzandlarim futbol maktabiga qatnashishmoqda. Kelajakda ulardan futbolchi chiqsa bundan albatta xursand bo'laman.

Narzulla: “SHo'rtan”ga qanday qilib kelib qolgansiz? G'uzordagi 3 yillik faoliyatingiz haqida gapirib bering.
- O'shanda jamoaga meni Seid Seidov taklif qilgandi. Uning qo'l ostida “Nisa”da o'ynagandim, mening imkoniyatlarimni bilardi. G'uzordagi faoliyatim yaxshi kechgan. Ikki yil davomida sardor bo'lgandim. Yaxshi futbolchilar bilan o'ynagandik. Tarkibda Muxtor Qurbonov, Elshan Gambarov, Andrey Vlasichev kabi futbolchilar bor edi. Jamoa qanday qilib chempion bo'la olmaganimizga hayronman (kuladi)

Matluba: Futbolda chaqqonlik juda muhim hisoblanadi. Yillar o'tgani sari o'z formangizni ushlab qolish uchun aynan nimalarga etibor qilish kerak?
- Faqat mashg'ulot va mehnat orqali. Evropa chempionlar ligasida 39-40 yoshli futbolchilar o'ynashlarini ko'ramiz. Barchasi futbolchining professionalligiga bog'liq. Agar barchasini to'g'ri qilinsa yosh ikkinchi planga tushadi. Barcha o'z organizmini yaxshi biladi. 


Narzulla: “Paxtakor”ga o'tish va u erdagi faoliyat haqida. Omadsiz bo'lganmi?
- Samvel Babayan meni “Paxtakor”ga taklif qilgandi. U erda bir yil o'ynadim. Faoliyatimda ilk bor Osiyo chempionlar ligasida to'p tepishga muvaffaq bo'lganman. Tarkibda Odil Ahmedov, Aleksandr Geynrix kabi futbolchilar bor edi. SHu sababli ham jamoada etakchi bo'la olmagandirman. Transfer omadsiz  bo'lgan deya olmayman. Aksincha, o'sha yil mening faoliyatimda omadsiz emas, burilish nuqtasi bo'lgan deyman.

Matluba: O'zbekiston va Turkmaniston futbolining farqli va o'xshash tomonlari nimada?
- Albatta barcha mamlaktlarda futbol farqlanadi. Ammo aynan qaysi jihatlari ekanini ayta olmayman. Ammo farqi borligi aniq. O'yinlarni ko'rib shunday fikrga kelganman.

Narzulla: “Nasaf”ga sizni kim taklif qilgan. O'sha paytda sizda boshqa takliflar bo'lganmi?
- Ro'ziqul Berdiev. O'shanda jamoada Anatoliy Demyanenko bosh murabbiy edi. Berdiev esa yordamchi murabbiy bo'lib ishlardi. Murabbiylar tomonidan menga ishonch borligini sezganim uchun ham “Nasaf”ga o'tishga qaror qilgandim. Xorijdan aniq takliflar bo'lmagan, to'g'ri Qozog'istondan taklif bo'lgandi, ammo bu variantni ko'rib chiqmagandim. O'zbekistondan ham takliflar bo'lgan ammo qaysi klublardan ekanini aytmaganim maqul. 


Matluba: Siz ko'p penalti tepasiz va deyarli doim gol urasiz. Buning siri bormi?
- Albatta doim siri bo'ladi. Bu avvalo lotereya. Tajriba ham muhim rol o'ynaydi. Penalti tepish vaqtida ustunlik to'pning yonidagi futbolchi tomonida bo'ladi. Xatto futbol yulduzlari ham penaltidan gol ura olmay qolgan holatlar ko'p bo'ladi. 11 metrli jarima to'piga yaqinlashgan o'yinchining asablari ham joyida bo'lishi kerak. Barcha siri shu.

Narzulla: OFK kubogi-2011 haqida raqiblar, musobaqa haqida.
- O'sha yil jamoamiz 3ta musobaqada ishtirok etgandi. Oldimizga katta maqsadlar qo'yilgandi. Kuchli murabbiy va mahoratli futbolchilar yig'ilgandi. Oliy ligada kumush medallariga ega chiqqandik. O'sha mavsum juda og'ir bo'lgandi. Men hech qachon 2011 yilni unutmayman. OFK kubogi final o'yini o'z uyimizda bo'lgani juda katta rol o'ynagandi. O'z muxlislarimiz oldida mag'lub bo'lishga haqqimiz ham yo'q edi. Stadionning to'lib toshgani barchamizga qo'shimcha kuch bag'ishlagandi. Yarim finalda Iordaniyaning “Al Vihdat” klubiga qarshi o'ynagandik. O'sha raqib bizga juda ham qiyinchilik tug'dirgan edi. “Vihdat” xatto finaldagi raqibimiz bo'lgan “Quvayt SK”dan ham kuchli tuyulgandi. Bundan tashqari chorak finaldagi raqibimiz “CHonburi” ham yomon jamoa emasdi. 


Matluba: "Nasaf"dagi eng hazilkash, aqlli va jahldor futbolchilar kim?
- Hazilkash bu Erkin Boydullaev (kuladi). Buni sizga barcha aytishi mumkin. Sababi u birgina hazili bilan barchaning kayfiyatini ko'tara oladi. CHarchab turganimizda Erkin bizga juda katta yordam beradi. Aqlli futbolchi kim? Maqsud Karimovni aqlli emas ayyor degan bo'lardim (kuladi). Sababi u juda kam gapiradi. Jahldor – Hamza Karimov. Yutqazayotganimizda u juda ham g'azablanadi, yutqazishni yoqtirmaydi.

Narzulla: Turkmaniston terma jamoasi Osiyo kubogi, Jahon chempionati saralashida yaxshi natija ko'rsatishi uchun nimalar qilish kerak?
- Ayni paytda Turkmaniston futbolida katta o'zgarishlar bo'lmoqda. Tarkibning 70-80 foizi yoshlardan iborat. Umid qilamizki mana shu yoshlar o'zlarini ko'rsatib kelajakda qita chempionatlarida ishtirok etishadi. Eron bilan o'yin kelajakka umid bilan qarash mumkinligini isbotlab berdi. Faqat buning uchun mehnat qilish kerak. Turkmaniston mening ona vatanim qachondir terma jamoani Osiyo chempionatida ko'rishni istayman. 


Matluba: Hayotdagi va futboldagi shioringiz qanday?
- SHiorim olg'a, olg'a va doimo olg'a. Hayotim bu futbol. SHu bois hayotiy va futboldagi shiorim bitta. O'z oldimga yangidan-yangi maqsadlar qo'yib boraveraman.

Narzulla: Oliy ligadagi dastlabki penaltini qachon va qaysi o'yinda tepgansiz?
- Sizda javobi yo'qmi mobodo (kuladi). Menimcha “SHo'rtan”da tepgandim.
- 2007 yil "SHo'rtan" - "Quruvchi" uchrashuvida penaltini noaniq amalga oshirgan ekansiz. 2009 yilda ham “SHo'rtan” safida penaltidan gol ura olmagansiz.
- Qiziq holat. “SHo'rtan”da ikki marta penalti tepib ikkalasini ham ura olmagan ekanman. Qandaydir yoqimsiz malumot ekanmi (kuladi).

Matluba: Mag'lubiyatlardan so'ng ruhan qay tarzda tiklanasiz?
- Bu borada oilam menga yordam beradi. Yomon kafiyatni uyga olib kirmaslikka urinaman. Oilam, farzandlarim menga barchasini unutishga yordam berishadi. Oilam – qo'rg'onim. 


Narzulla: O'zingiz borgan mamlakatlar ichida eng hayratlanarlisi qaysi bo'lgan?
- Gongkong! Sababi u erda barchasi ajoyib edi, shahar juda ham toza edi. Baland binolar, yo'llar bu shunchaki fantastik edi. Tasavvur qiling mashinada ko'prikning ustidan ketayapsiz yoningizda esa binoning 13-qavati turibdi (kuladi). Bir so'z bilan aytganda ajoyib edi.

Matluba: Tasavvur qiling siz futbolchilikni tugatdingiz. Rejalaringiz qanday?
- Hozircha futbolchilikni tugatish haqida o'ylayotganim yo'q. Buni to'g'risi o'ylab ham ko'rmaganman. O'zimni murabbiy sifatida tasavvur qila olmayman. Balki futbol tizimida qolarman, klubdami yoki boshqa joydami. Futboldan shunchaki kechib keta olmayman. Murabbiy bo'lmayman dedim, ammo bir kun kelib hayot charxpalagi aylanib ketib murabbiy bo'lib qolsa shu intervyuni ko'rsatib mana murabbiy bo'lmayman degandingizku deb aytishmasin (kuladi). SHu bois hech qachon, hech qachon dema.

Narzulla: Futbolchilikda hozirga qadar erishmagan eng asosiy uchta orzuingiz qaysi?
- CHempionlik, kubok va ...  
- Uchinchisi “Oltin to'p”mi?
- (kuladi) Ha shunday desa ham bo'ladi. Jiddiy aytsak shuncha yildan buyon O'zbekistonda o'ynayapman chempion bo'lish va kubok sohibi bo'lish nasib qilmagan. Bu yil hech bo'lmasa bittasini yutish uchun yaxshi imkoniyatimiz bor.


Matluba: Futbol jurnalisti bo'lib qolsangiz qaysi futbolchiga, qanday savol bergan bo'lardingiz?
- Messidan bularning barchasi qanday qilayotganini so'rardim. Mashg'ulotlarda nimalar qilayotgani haqida savol berardim. SHuncha yillar davomida fantastik formada qolishning siri haqida so'ragan bo'lardim.

Narzulla: Loyihamizning ananaviy savoli: Yodingizda qolgan penalti yoki penaltilar seriyasi.
- OFK kubogi chorak finalida “CHonburi”ga qarshi o'yinda penaltilar seriyasi bo'lgandi. O'shanda men nuqtaga beshinchi bo'lib yaqinlashib penaltidan gol ura olmaganman. Murodjon Zuhurov raqibning zarbasini qaytarib meni ham, jamoani ham qutqargandi. Xorijdan esa yaqindagina BAAning “Al Ahli” klubi OCHL chorak finali javob o'yinida Ahmad Halil “Naft Tehron”ga qarshi bahsda penaltini Panenka uslubida tepdi. Balki bu oddiy ko'rinar, ammo shunday masuliyatli damda shunday sovuqqonlik bilan 11 metrli jarima to'pini tepishni hamma ham eplay olmaydi.

Matluba Sadullaeva va Narzulla Saydullaev suhbatlashdi.
Foto: SHahboz Beg'amov


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика