Pellegrini: "Takroriy o'yin - muammo emas"
05 jan 2014 11:09
Yangiliklar


Pellegrini: "Takroriy o'yin - muammo emas"
"Manchester Siti" ustozi Manuel Pellegrini Angliya kubogi doirasidagi "Blekbern" bilan takroriy o'yin o'tkazilishi borasida o'z fikrlarini bildirdi.
"Nima yaxshi bo'lishini hech kim oldindan bilmaydi. Biz Abu Dabiga borib o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazmoqchi edik. Endi esa "Blekbern"ga qarshi o'z maydonimizda o'ynaymiz. Qay biri yaxshi? Bilmayman. Takroriy o'yin - muammo emas. Biz shunchaki yana bir qo'shimcha o'yin o'tkazishimiz kerak, tarkibimizda futbolchilar ko'p shu bois maydonga kam tushayotganlardan foydalanmiz".
Eslatib o'tamiz, kecha "Siti" safarda "Blekbern" bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi. Angliya kubogi reglamentiga ko'ra agar o'yin durang bilan tugasa ikkinchi o'yin ham o'tkaziladi.
Eslatib o'tamiz, kecha "Siti" safarda "Blekbern" bilan 1:1 hisobida durang o'ynadi. Angliya kubogi reglamentiga ko'ra agar o'yin durang bilan tugasa ikkinchi o'yin ham o'tkaziladi.

Fikrlar