Pellegrini: "MYUning yomon o'yinidan umid qilish yaramaydi"
19 mar 2016 21:39
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/201999_original.jpg)
![](/upload/storage/201999_220.jpg)
Pellegrini: "MYUning yomon o'yinidan umid qilish yaramaydi"
Manchester Siti bosh murabbiyi Manuel Pellegrini Manchester Yunaytedga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Biz g'alaba uchun barcha ishni qila oladigan kuchli raqibga qarshi o'ynaymiz. SHuning uchun, MYUning yomon o'yin ko'rsatishidan umid qilib o'tirmoqchi emasmiz. Van Galning tajribasi katta. U qiyin vaziyatlardan chiqib keta oladi. Boshqa jamoalardagi faoliyatida buni ko'rganmiz.
Sovrin uchun imkoniyatimiz bor. Agar uch ochko bu kurashda ishonchimiz yana ortadi. SHuningdek, ECHLdagi muvaffaqiyatli yurishimiz ham bunga yordam beradi", - deydi chililik murabbiy.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar