Pellegrini: "Liverpul"ga qarshi bahsda Sterling o'zini qanday his qilganini yaxshi tushunaman"
29 fev 2016 15:18
Yangiliklar


Pellegrini: "Liverpul"ga qarshi bahsda Sterling o'zini qanday his qilganini yaxshi tushunaman"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Manuel Pellegrini "Liverpul"ga qarshi Angliya liga Kubogi final uchrashuvida o'zini ko'rsata olmagan Raxim Sterlingni himoya qildi.
"Alohida futbolchilarga baho berish niyatim yo'q, ammo Sterling o'zini qanday his qilganini yaxshi tushunaman. Xatto tajribali futbolchi uchun ham sobiq jamoasiga qarshi maydonga chiqish juda qiyin. Ammo Raxim mavsum boshida juda muhim qarorga keldi. Sterling sovrinlar yutish uchun bu klubga o'tmoqchi edi va u birinchi sovrinini qo'lga kiritganidan mamnuman. U uzoq yillar davomida muhim futbolchimiz bo'lib qoladi deb o'ylayman" - deydi Pellegrini.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar