Pellegrini: "Liverpul" bilan bo'ladigan bahsda g'alaba juda muhim"
28 fev 2015 00:03
Yangiliklar


Pellegrini: "Liverpul" bilan bo'ladigan bahsda g'alaba juda muhim"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Manuel Pellegrini "Liverpul" bilan bo'ladigan bellashuv oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Tarkibda yangi jarohatlangan futbolchilar yo'q. Butun jamoa o'o'yinga tayyor. Yaya Ture jamoa bilan butun hafta davomida shug'ullandi. Boni ham ikki haftadan buyon jamoa bilan birga. Balki endi u uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashga tayyordir. Buni o'ylab ko'ramiz. "Liverpul"ni Turkiyadan biroz kechikib kelgani bizga kichik ustunlik berishi mumkin. Lekin bu hal qiluvchi rolni o'ynamaydi deb o'ylayman. Bizning vazifamiz - uchrashuvda bir jamoa bo'lib yaxshi o'yin ko'rsatish. "Liverpul"ga qarshi o'yinda g'alaba biz uchun juda muhim. Uch ochko bizga suv va havodek zarur. Bellashuvning dastlabki daqiqalaridanoq hujumkor futbol ko'rsatishga harakat qilamiz.

Fikrlar