Pellegrini: "Birinchi gol ko'p narsani hal qildi"

Aziz Tukhtamuradov
25 fev 2015, 20:54
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Manuel Pellegrini "Barselona"ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Birinchi o'tkazib yuborilgan gol ko'p narsani xal qildi. Qo'pol xatomiz  natijasida raqib gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.

Ikkinchi bo'limda o'yinga qaytishga muvaffaq bo'ldik, ammo, bir kishi kam bo'lib o'ynash juda qiyin bo'ldi.

Javob o'yinida xarakter ko'rsatmoqchimiz", - deydi Pellegrini.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: euro-football.ru