Pellegrini 0:5 hisobidagi mag'lubiyat haqida: "Hisob jamoalarning orasidagi farqni ko'rsatmaydi"
10 avg 2019 20:10
Yangiliklar


Pellegrini 0:5 hisobidagi mag'lubiyat haqida: "Hisob jamoalarning orasidagi farqni ko'rsatmaydi"
"Vest Xem" bosh murabbiyi Manuel Pellegrini uy uchrashuvida "Siti"ga yirik 0:5 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng fikr bildirdi.
"O'yin qiyin bo'lishini bilardik. 0:5 mag'lubiyatidan so'ng gapirish og'ir. Lekin, hisob jamoalarning orasidagi farqni ko'rsatadi deb o'ylamayman. Asosiy vaziyatlar bo'ldi. Bu jamoaga vaqt va joy berilsa, albatta ular buning tovovnini to'latmay qo'yishmaydi.
Biz bir jamoa bo'lib o'ynashimiz shart edi. Birinchi bo'limdan so'ng o'yinimizdan mamnuk emas edim, lekin ikkinchi bo'limda ularga haddan tashqari ko'p imkoniyat berib qo'ydik.
VAR haqida ijobiy fikrdaman. O'yinni yana ham adolatli o'tishini taminlaydi. Bugungi o'yinda ham gol ofsayddan urilgani uchun hisobga olinmadi va penalti ham haqli ravishda qayta amalga oshirildi", - deydi Pellegrini.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar