Pele kasalxonaga yotqizildi
03 apr 2019 19:34
Yangiliklar


Pele kasalxonaga yotqizildi
Futbol qiroli Pele kecha Parijdagi shifoxonlardan biriga yotqizildi, deya xabar bermoqda RMC Sport.
Manbaning xabariga ko'ra, afsonaviy futbolchining hayotiga hech narsa xavf solayotgani yo'q.
Pele Parijga PSJ va Franciya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe bilan uchrashish uchun yo'l olgandi. Uchrashuv davomida uch karra jahon chempioni 20 yoshli francuz futbolchisining fanati ekanligini malum qildi.
Pele so'nggi yillarda tez-tez kasalxonaga yotqizilmoqda. 2014 yilning noyabrida ham u jonlantirish bo'limiga yotqizilgandi. 2016 yili Rio de Janeyroda o'tgan Olimpiadaning mashalasini yoqish marosimida ham betobligi bois qatnasha olmagandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar