Pedro Rodriges: "Menga "Manchester Siti"ning o'yin uslubi yoqadi"
18 fev 2014 00:42
Yangiliklar


Pedro Rodriges: "Menga "Manchester Siti"ning o'yin uslubi yoqadi"
"Barselona" hujumchisi Pedro Rodriges CHempionlar Ligasi 1/8 finali doirasidagi "Manchester Siti"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bo'sh vaqtimga to'g'ri kelib qolsa, bazan "Manchester Siti"ning o'yinlarini ko'rib turaman. Ularning o'yin uslubi menga juda yoqadi.
Umuman olganda, raqibni kuzatish ularning maydondagi harakatlarini tahlil qilish imkoni bor ekani - ajoyib. Raqibimiz juda kuchli. Biroq biz hech qachon kuchli jamolarga qarshi o'ynashdan qochishga urinmaganmiz. Qancha kuchli jamoaga qarshi o'ynasang, o'yin shunchalik qiziq bo'ladi", dedi Pedro.

Fikrlar