So’nggi yangiliklar

15:35"Бавария" ҳимоячиси яна жароҳат олди  0 15:07"Барселона" президентлигига номзод "Бавария" раҳбарияти билан Кейн трансфери бўйича боғланди  1 14:39"Челси" ҳужумчисини АПЛнинг бошқа бир клубига сотишга қарши эмас  0 14:13"Бавария" собиқ мураббийи қозоқ жамоасини бошқариши мумкин  0 13:44"Бавария" Жексонни сотиб олишдан воз кечди, аммо АПЛнинг 4 та клуби форвард учун курашишга тайёр  1 13:18Тудор "Тоттенхэм" АПЛда қолишига ишонади  1 12:55Артета: "Бизни ҳақиқий марафон кутиб турибди"  1 12:33Танташев ФИФА семинарида  1 12:18Про лига қачон бошланиши эълон қилинди  1 11:59Оғир жароҳат олган Лофтус-Чикка операция керак бўлади  1 11:37"Динамо" бугун Самарқандда йиғилади  2 11:15Жаҳонгир Жиямуродов — "Гулистон" бош директори  1 10:51Раҳимжон Давронов: "Кутганимиздан ҳам аъло даражада бўлди"   8 10:25"Реал Мадрид"нинг яна бир футболчиси узоқ муддатга сафдан чиқди  0 10:00Флик: "Мен кўрмоқчи бўлган нарса шу эди"  4

Pedru Moreyra: "Vazifam jamoani g'alabalar sari etaklash" Yangiliklar

Pedru Moreyra: "Vazifam jamoani g'alabalar sari etaklash"

Superliganing 4-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Paxtakor" (2:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Pedru Moreyra matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Chorshanba kungi g'alabali o'yinimizdan so'ng bugun bizni oson bahs kutmayotganini bilardik. Qisqa fursatda jiddiy tayyorgarlik olib bordik. Bugun birinchi bo'limda yaxshi vaziyatlar yaratdik, biroq foydalana olmadik. G'alaba o'z-o'zidan kelmaydi, o'yinimiz sifatini yaxshilashimiz kerak. Raqib jamoa o'z imkoniyatlaridan unumli foydalanib ketdi.


- Jamoa o'z tarixidagi eng yomon startni amalga oshirayapti. Bunga qanday izoh berasiz?

- Vazifam jamoani g'alabalar sari etaklash. Biz hozir shuning ustida ishlayapmiz. Jiddiy raqiblar bilan o'ynayapmiz. Bugun o'ynadik, hafta o'rtasida yana bizni navbatdagi bahs kutib turibdi. O'z o'yinimizni namoyish etgan holda tezroq shu vaziyatdan chiqib ketishimiz kerak.

- "Paxtakor" mag'lub bo'lgan o'yinlarida raqib darvozasiga gol ura olmayapti. Masalan, OKMK, "Al-Garafa", "Al-Hilol"lar bilan uchrashuvlarda jamoa mag'lubiyatga uchradi va gol ura olmadi. Bunga nima sabab deb o'ylaysiz?

- To'g'ri, bizda hozir oson o'yinlar bo'layotgani yo'q. O'zimiz uchun bo'sh xududlarni yaratishga intilayapmiz, shuning sifatini oshirishimiz kerak. Futbolda sifat juda muhim, biz hozir mana shuning ustida ishlayapmiz.



- Golli vaziyatlar yaratdik deb aytayapsiz, biroq bugungi o'yin statistikasiga ko'ra jamoa darvoza tomon bironta ham aniq zarba yo'llay olmadi ...

- Ko'rayotgan bo'lsangiz, to'p nazorati bizda yaxshi. Biroq, hujumlardan unumli foydalanish, vaziyatlarni yakunlashda kamchiliklar ko'zga tashlanayapti. Bularning ustida jiddiy ishlaymiz.

- "Paxtakor" joriy mavsum oldidan Riaskos, Flomarion kabi legionerlarni olib keldi. Biroq, ular ham hozir jamoaga etarlicha naf keltirmayotgandek. Bu haqida fikringiz qanday?

- Sanab o'tilgan futbolchilarni jamoaga foydasi tegishiga shubham yo'q. Biz jamoaviy bog'liqlikni shakllantirishimiz kerak. Bundan tashqari bizda bir nechta mahalliy futbolchilar ham o'ynaydi. Jamoaviy o'yinimiz to'liq shakllanib olsa, barchasi joyiga tushib ketadi deb umid qilamiz.



Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика