Pedro boshqa klubga o'tishi mumkin

Alisher
9 dek 2019, 15:43
"Chelsi" yarim himoyachisi Pedro qishki transferlar oynasida klubdan ketishi mumkin.

Xabarlarga qaraganda, Pedroga "Aston Villa" klubi qiziqish bildirmoqda.

Shuningdek, ispaniyalik futbolchida Xitoyga ketish varianti ham yo'q emas.

Ispaniya terma jamoasi futbolchisi joriy mavsum 16ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishgan.

Eslatib o'tamiz, Pedro "Chelsi"ga 2015 yilda "Barselona"dan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph