So’nggi yangiliklar

10:00Даврон Файзиев "Боруссия Дортмунд" - ПСЖ учрашуви ҳақида нима деди?  0 09:35Эдин Терзич: "Парижда дуранг қониқтиради, лекин биз ғалабани истаймиз"  2 09:05ПСЖнинг Дортмунддаги "қора" анъанаси давом этади   1 08:40Русланбек Жиянов: "Япония терма жамоаси билан икки йил аввал ҳам тўқнаш келганмиз"  6 08:17Луис Энрике: "Парижда жуда кучли жамоага айланамиз, чунки йўқотадиган нарсамиз йўқ"  2 07:50U-23 Осиё кубоги. Бугун финалдан олдинги матбуот анжумани бўлиб ўтади   4 07:20Рустам Абдуҳамидов: "Амалдаги финалчиларнинг чиқиб кетиши ва "Қизириқ" Ўзбекистон кубогининг сенсациясига айланди"  0 06:40Қирол кубоги. "Ал Насср" - "Ал Ҳалиж" 3:1  4 06:30 Чемпионлар лигаси 1/2 финал. "Боруссия Д" - ПСЖ 1:0   0 02:00ЕЧЛ. "Боруссия Д" ўз уйида ўтган ярим финалнинг илк баҳсида ПСЖни мағлуб қилди  31 01:57Роналду "Ал Насср"ни Қирол кубоги финалига олиб чиқди. Финалдаги рақиб - "Ал Ҳилол"  12 01:38Арне Слотнинг "Ливерпул"даги илк трансфери ким бўлиши маълум  0 00:43"Реал" ой ўйинчисини аниқлади. У Винисиус ёки Родриго эмас  3 00:34Эрон. "Персеполис" "Сепахон" билан дуранг қайд этиб, биринчи ўринга кўтарилиб олиш имконияти йўққа чиқарди  0 00:04Ўзбекистон U-23 терма жамоаси финалга тайёргарликни бошлади ГАЛЕРЕЯ  2

Paxtaobodda Bahrom Abdurahimovga xurmat va ehtirom ko'rsatildi Yangiliklar

Paxtaobodda Bahrom Abdurahimovga xurmat va ehtirom ko'rsatildi

Oxirgi yillarda Nasafning asosiy figuralaridan biriga aylanib borayotgan Bahrom Abdurahimovni muxlislar yaxshi bilishsa kerak.

18-raqam egasi «ajdarlar» safiga ko'chib o'tishdan avval, «Andijon» tarkibida bir necha yil samarali faoliyat olib borib, o'zini ko'rsatishga muvaffaq bo'lgandi. Bahrom Abdurahimov shahrixonlik futbolchi sanaladi. Uning birinchi ustozlaridan biri esa paxtaobodlik Hamidjon Qahhorovdir.

Hamidjon akani Paxtaobodda tanimagan futbol muxlisi bo'lmasa kerak. O'z ishining fidoiy kishisi bo'lgan Qahhorov tumandagi ko'plab iqtidorlarni professional darajaga chiqishida astoydil mexnat qilib kelmoqda.

Bugun ushbu paxtaobodlik bolalar murabbiyi o'z xonadonida bayram dasturxoni yozib, shogirdi bo'lmish, Bahromni ham taklif etdi va unga hurmat ehtirom ko'rsatdi.
Hamidjon Qahhorov ushbu xursandchilik kechasiga Andijon viloyat futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti Bekzod Karimov va ayrim ommaviy axborot vostilarida xizmat qilib kelayotgan insonlarni ham taklif etdi. Hamidjon akaning xonadoniga kirib borar ekanmiz, u erda paxtaobodlik futbolning ashaddiy ishqibozlarini uchratdik. Ularning bari bugungi kunda Bahrom Abdurahimovning ishqiboziga aylanib ulgurgan desak mubolag'a bo'lmaydi.

Bir piyola choy ustida paxtaobodlik faxriy muxlislar Bahromni yoshlikdagi davrlarini eslab o'tishdi. Abdurahimov garchi shahrixonlik bo'lsada, uning yoshlikdagi asosiy damlari Paxtaobod tumanidagi qishloqda o'tgan deb aytib o'tadi, uning birinchi ustozi.


- Ushbu xonadonda uzoqdan kelgan shogirdlarimni yashashiga sharoit qilib berganman. Ularni o'z farzandlarim qatori ko'rib, kelajakda mamlakatimiz milliy terma jamoasi safida o'ynashiga umid qilardim. Yaratganga shukur, Bahrom bu yildan nihoyat terma jamoamiz safida debyutini o'tkazib, murabbiylar nazariga tusha boshladi. Bundan barchamizning boshimiz osmonga etdi. Bahrom yoshligidan tortinchoq yigit. Ochig'ini aytganda, imkoniyati yuqori bo'lmagan. Kamtarona sharoitlarni boshidan o'tkazgan. Haqiqiy qishloqni bolasi. Kerak bo'lsa, vaqti kelganida qattiq non eb, qiyinchiliklarni sabr bardosh bilan engib o'tgan. Adashmasam, qo'li ostimga Bahrom 2002 yili kelgan. Kosonsoyda musobaqa bor edi. Qaysidir murabbiy o'sha payt har bir boladan 50 000 so'mdan pul olib kelishni aytgan. Biroq Abdurahimovda bunga sharoiti bo'lmagan. Keyin dadasi menga kelib, vaziyatni tushuntirganida, men bolalardan pul olmasdan musobaqa olib ketayotganimni aytganman. Ularga ham yoqib tushgan (kuladi). CHunki men o'sha payt, tuman hokimidan moliyaviy yordam so'rardim yoki fidoiy homiylarimizdan sarf-harajatlarga ko'maklashishini bildirardim. Maqtanishga yo'ymang-u, o'sha paytda ko'pchilikka aytardim, shu «qorash» (Bahrom Abdurahimov nazarda tutilyapti -muallif) vaqti kelib, «Andijon» jamoasida ham milliy terma jamoada ham o'ynaydi deb yurardim. CHunki uning mexnatsevarligi yoshligidan malum edi.

Ilohim omadini bersin. Hozirgacha kamtar, kamgap, juda tortinchoq. Paxtaobodliklar uni nihoyatda yoqtiradi. «Nasaf»ning vodiydagi o'yinlariga bir guruh ishqibozlar bilan stadionga borib, unga muxlislik qilamiz. Yaqinda Farg'onada  «Neftchi» bilan o'ynashdi. Borib, jamoa istiqomat qilayotgan mehmonxonaga tashrif buyurdik. Ro'ziqul Berdievni o'zi chiqib, kutib oldi va bizni ancha yaxshi qabul qildi. O'yindan keyin Bahrom bilan SHahrixonga birga qaytdik. U erda bizni juda ko'p insonlar kutib olishardi. Kechki ovqatni birga tanovul qilib, xursandchilik qilib o'tirdik. SHu payt keyingi safargi bayramona o'tirishimizni, Paxtaobodda, aynan mening xonadonimda tashkillashtirishga kelishib oldik. «Paxtakor» bilan o'yinni o'tkazib olgach, albatta bu tadbirni o'tkazamiz deb, Bahromning o'zi aytib o'tdi. Mana ko'rib turganingizdek, oliy liga-2017 yakuniga etgach, nihoyat tadbirni tashkil etdik.

Bu erda o'tirgan xurmatli insonlarning bari, shogirdim bo'lmish, Abdurahimovni qattiq xurmat qiladi. SHunday ekan, Bahromga bugun, milliy kiyimiz bo'lmish, to'n va do'ppi kiydirib, xurmat va ehtirom ko'rsatishni lozim deb bildik - deydi Hamidjon Qahhorov.

Ushbu bayramona kechani taniqli suhandon, xushovoz sohibi, G'ulomqodir Abdurahimov olib bordi. O'zining so'zamonligi bilan ajralib turadigan G'ulomqodir aka tadbirni qizitib, mehmonlarga xursandchilik ulashdi.

Bundan tashqari, ushbu tadbirga tashrif buyurgan viloyat futbol federaciyasi birinchi vice-prezidenti Bekzod Karimov ham so'zga chiqib, Bahrom Abdurahimov va uning birinchi murabbiyi Hamidjon Qahhorov haqida iliq fikrlarni bildirib o'tdi.

SHu asnoda Bahrom Abdurahimovning ham matbuotga bildiradigan fikrlari bilan qiziqdik. Juda ham kamtar va kamgar bo'lgan, Bahrom intervyu berishni unchalik xushlamaydiganligini sezdirdi. Suhbat tortingan bo'lsada, «ichidan gapini sug'urib oldik». - Yoshligimda futbolchi bo'lishga intilib, xarakat qilganman. Paxtaobodda Hamidjon akani qo'li ostida shug'ullandim. Bu murabbiyimdan bir umr minnatdorman. Xayotda nafaqat murabbiyim balki otamdek bo'lib qolgan. Doim aloqada bo'lib, xolimdan xabar olib turadi. Kerakli ko'rsatmalarni berib boradi. Yana bir bor ustozimga minnatdorchilik bildiraman - deydi Bahrom Abdurahimov.

Islombek Rustambekov.

 

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика