So’nggi yangiliklar

00:45Юртимизга куз кириб келди, қалбимизда эса ҳамон ёз ҳукмрон  4 00:31Эра ўз якунига етди... 2003 йилдан бери илк бор Роналду ва Месси "Олтин тўп" учун номзодлар рўйхатига киритилмади  14 00:11"Олтин тўп" учун 30 нафар номзод номи эълон қилинди. Улар орасида Роналду ва Месси йўқ  6 23:50Унаи Симон, Лунин, Эми Мартинес ва бошқалар — France Football йилнинг энг яхши дарвозабони бўлиш учун номзодларни эълон қилди  1 23:29France Football йил клуби номинацияси учун номзод жамоаларни эълон қилди  2 23:06Хаби Алонсо, де ла Фуэнте, Анчелотти — France Football талқини бўйича йил мураббийи ким бўлади?  6 22:48"Қўқон-1912" қачон ўз стадионига қайтади? Жамоа бош мураббийи жавоб берди  1 22:32Ямаль, Гюлер, Гарначо — France Football йилнинг энг яхши ёш футболчиси бўлиш учун номзодларни эълон қилди  4 22:20Осимхен расман ижара асосида турк клуби ўтди. "Наполи" футболчини бепулга ижарага берди, аммо...  1 21:47Девид Бекхэмнинг 22 ёшли ўғли кутилмаганда футболни тарк этди. Энди у фаолиятини модел сифатида давом эттиради  1 21:18Гейнрихнинг сўнгги голи ва Абрамовни истеъфога чиқарган Ҳалатбори — Ўзбекистон терма жамоаси ЖЧ саралашининг сўнгги босқичларини қандай бошлаган?  9 20:49Ўзбекистон терма жамоасининг КХДР билан ўйиндан олдинги расмий машғулоти  1 20:10Ўзбекистон МТЖнинг КХДРга қарши ўйиндан олдинги аъло кайфиятда ўтган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  10 19:42ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ КХДРга қарши оқ либосда ўйнайди  5 19:04Одилжон Ҳамробеков: "Ушбу учрашувлар қанчалик катта аҳамиятга эга эканлигини барча тушуниб турибди"  4

"Paxtakor"siz chempionat, "Buxoro" va vodiyni ko'tarsa qanday bo'ladi? Yangiliklar

"Paxtakor"siz chempionat, "Buxoro" va vodiyni ko'tarsa qanday bo'ladi?

Statistika shuni ko'rsatdiki, O'zbekiston chempionatining muxlislar bo'yicha mavqeyini ko'tarish uchun, “Navbahor“dan tashqari, “Buxoro“ni hech bo'lmasa 5-6 - o'rinlarda yuradigan jamoa holatiga keltirish orqali erishish mumkin ekan.

Agar “Buxoro“ TOP-3ga kiradigan bo'lsa, unda o'rtacha tashrif 16-20 mingga osonlikcha chiqishi mumkin ekan. “Buxoro“ning avvalgi holatiga keltirish boshqa viloyatlarga nisbatan osonroq kechishi mumkin. Sababi legionerlarni viloyatning chiroyi bilan jalb qilish mumkin. Viloyatga qatnov bo'yicha muammo yo'q, har kuni har qanday ko'rinishdagi reyslar mavjud. Viloyat turizm markazlaridan birida. Istedodlar etarlicha. Agar kuchli boshqaruvchi topa olsa, turizm bilan qorishgan holda klubni o'zini-o'zi boshqarish darajasiga olib chiqish mumkin. 2000 nafar xorijlik turistlarni mijozga aylantira olsa, 1ta o'yindan 20 000, bir oyda 40 000 ishlashi mumkin. 400 000 000 so'm. Bu hech yo'g'i 10 nafar mahalliy (agar tarbiyalay olsa) futbolchining maoshini qoplashi mumkin. Mahalliy futbolchi hech qachon katta miqdorda maosh olmaydi, to yulduz darajasiga etilmaguniga qadar. Masalan, Akrom Komilov, Doston Hamdamov, Rustam Ashurmatov kabi “Bunyodkor“ning asosiy tarkib futbolchilar o'sha yillari 2 mln maoshga o'ynashgan. CHunki ular 18 yoshda shartnoma imzolayotganida shu summaga maqul ko'rilgan, vaziyat o'zgarishi bilan maoshlar oshgan. “Bunyodkor“ misolida ular, “Bunyodkor“da maosh oshishini emas, ko'proq legioner bo'lish kerakligi haqida o'ylashgan va qisman bo'lsa-da, bunga erishdilar.


Xuddi shunday o'sishgan Farg'ona va Andijonda amalga oshirish mumkin. Andijon va Farg'ona boshqa viloyatdagi futbolchilarni Buxoro va Samarqand kabi jalb qilma olmasligi mumkin. Lekin ulardagi aholi soni bo'yicha ustunlik bor. Vodiyning istagan istedodini 3ta vodiy gigantlari o'z qo'llariga olishlari mumkin. Buxorodan farqli ravishda vodiyda umumiy liga o'tkazish imkoniyati mavjud va u erda 12 mln aholi tomonidan saralanadigan 66 nafar futbolchini tanlab olish imkoniyati bor. Lekin bu oson ish emas. Buning uchun har bir hududning o'z tizimidan tashqari, ularni birlashtiradigan tizim kerak. Nega 90-yillarda “Neftchi“ va “Navbahor“ navbati bilan chempionlikka erishib kelganlar. Aslini olganda ular 80-yillarda o'zaro raqobatni boshlagan holda Sobiq Ittifoq 2-ligasida ham raqobat qilganlar. Ular qatorida Qo'qonning “Avtomobilist“ (Hozirgi “Qo'qon-192)ni ham qo'shib o'tamiz. Yana “Spartak“ (Andijon) bor edi. “Kosonsoy“ ham ancha yaxshi jamoa bo'lganligini yoshi katta muxlislar yaxshi eslaydilar. Vodiyni yutug'i, o'zaro raqobatning mavjudligida. Agar hozir ham “Neftchi“ oldingidek bo'lganida, “Navbahor“ bundan ham yaxshi natija qayd etishga harakat qilardi yoki aksincha. 


Lekin bu PFLning ishi emas, bu to'liqligicha mahalliy menedjerlarning malakasi va bu maqola hamma narsa poytaxt uchun bo'ladi deganlar uchun ham emas. 80-yillarda poytaxt jamoalari bo'lmagan “buffer zonalarida“ ammo o'sha paytdagi futbol, hozirgisidan kuchli bo'lgan. Sababi, u davrlarda har bir pulni to'g'ri ishlatish, yangidan yangi yoshlarni kashf qilish talabi yuqori bo'lgan.


“Paxtakor“ni OCHLdagi muvaffaqiyatsizligiga sabab, liganing kuchsizligida. Agar ligada “Paxtakor“dan kuchliroq yana 4ta jamoa bo'lganida, ulardan kuchli bo'lishga uringan va bu OCHLda qiyinchilikka uchramasligiga sabab bo'lardi. 2008-2010 yillardagi natijalari zamirida aynan “Bunyodkor“dek raqibni chiqqanligida edi. “Nasaf“ 2011 yili OFK Kubogini osonlik bilan qo'lga kiritgan. To'g'ri, 1-2ta o'yinlarda intriga bo'lgan. Lekin hozir O'zbekistonni uchinchi klubi OFK Kubogining guruhidan chiqishiga “garantiya“ yo'q. Agar qo'shnimiz Tojikiston yoki Qirg'iziston hech bo'lmasa bizning bugungi saviyamizga chiqib olsa, biz ulardan o'tishga harakat qilamiz, to'g'rimi? SHuning uchun raqobat bo'lmas ekan, hech qanday o'sish haqida o'ylashimiz kerak emas. 


Bir qiziqarli malumotga ko'z yugurtirdim. Yozayotgan xotiralarimda, go'yoki, “Paxtakor“ni maqtayotgan ekanman. 2010 yildan keyin turnir jadvalidan “Paxtakor“ni olib tashladim. Yani, “Paxtakor“ ishtirokidagi barcha o'yinlarni bekor qildim va keyingi 9 yildagi turnir jadvalidagi sovrinli o'rinlar quyidagicha ko'rinishga keldi:



Jadval shuni ko'rsatyaptiki, "Nasaf"ni inobatga olmasa, "stabilnyy" sovrindor jamoa yo'q.


Ko'ryapsizmi. “Nasaf“, “Navbahor“ yo boshqa klubni chempion bo'lmasligiga asosiy sabab “Paxtakor“ emas. “Paxtakor“ ulardan 6 ochko olib qo'ydi deylik. O'yinni sotib oldi, hakam bilan kelishdi yo boshqa ishni amalga oshirdi. Lekin yana 24ta tur bor, 24ta tur bu 72 ochko degani to'g'rimi? Xotirjam kallaga bir o'ylab ko'ring, nima uchun unda qolgan jamoalarni yutish mumkin emas. “Paxtakor“ ham hamma o'yinni yutmaydi, 6ta ochkosiz ham ularni ortda qoldirish mumkin. “Paxtakor“ eng yaxshilarini olib ketib qoladi deyishingiz mumkin, so'nggi 2 yilda faqat “Nasaf“ bilan bu ishni amalga oshirdi. Faqat “Nasaf“dagina imkoniyat bo'lishi mumkin, “Paxtakor“siz chempionatda chempionlikni qo'lga kiritishda. Ayni paytda poytaxtning barcha uch klubini deylik bitta MDH ligasi ochilib, o'sha erga qo'shib yuborsak. Bizda "Nasaf" erasi boshlanadi. Lekin qolgan jamoalar haqida bunday deb o'ylamaymiz. "Nasaf" yutavergach, poytaxt so'zi vohaga almashadi, bo'ldi! Lekin qolganlardachi? Afsuski ularga nisbatan bunday fikr bildira olmaymiz. Tag'in ham PFL so'nggi yillarda qattiq qo'llikni oshirib, futbolchilar oldidagi qarzlarga barham bera oldi. Aslida muammoni muxlislar klub rahbarlaridan qidirishlari kerak. "Paxtakor"da Babayan davrida ishlaganman. uni yonini olayotgan ko'rinishim mumkin, lekin bugungi "Paxtakor"da menga yoqmaydigan insonlar ham etarlicha va huddi shunday ular ham meni maqul ko'rmaydi. Lekin men "Paxtakor" haqida yozyapman. CHunki bu klub, bir ikki insonni qing'ir qilig'i bilan obro'sizlanishi kerak emas. Uning tarixi bor va qing'ir ishni ham, to'g'ri ishni ham shaxslar qiladi. Bu esa brend! Huddi shunday, hozir hech kim Sarkisyan, Atoyan, Fyodorovni emas, "Neftchi"ni qo'msayotgandek. "Neftchi", "Navbahor", "Paxtakor" bular brend. So'nggi yillardagina ular qatoriga "Nasaf" qo'shildi. "Navbahor" va "Neftchi" 90-yillardagi yutug'i bilan brend bo'lib qolmadi, ularni tarixi ancha yil avval boshlangan.


Vladimir Fyodorov, Mixail An va Gennadiy Krasnickiy "Paxtakor"ni Sobiq Ittifoq chempionatida chempion bo'la olmasligini bilsada, umid bilan yashagan. SHuning uchun ham 10-o'rinda yuradimi, tushib ketadimi yoki 6-o'riga chiqadimi, muxlisi bo'lgan, stadionga odam kirgan. Hozir futbolchilar, qachon menga "Paxtakor"dan taklif bo'lar ekan deydi. Sal avval "Lokomotiv" taklifini kutishdi, undan avval "Bunyodkor"ni. Yo'q, pul emas, chet el yoki faqat o'zimning jamoam deydiganlarni ayta olasizmi? (Ularni ham to'g'ri tushunamiz, bo'sh qog'ozga qo'l qo'ydirib, olmagan pullarini o'zlashtirib yuboradigan o'g'rilar etarlicha topiladi futbolimizda). Bundaylarni chiqarish uchun klubning o'z falsafasi bo'lishi kerak. "Barselona" akademiyasining birinchi qiladigan ishi klubga bo'lgan muhabbatni uyg'otish. Messi, Inesta, Pike, Puyol, Xavi, Buskets kanterada o'qiyotganlarida, "Barselona" top klub bo'lmagan. Ular klubni top qilishdi. Huddi shunday menedjementni yurita oladigan rahbarlarga muhtoj klublar.


Xuan Laportani eslaysizlarmi? U qanday qilib saylovda yutib chiqdi? Birinchi navbatda Ronaldinoni olib kelishga, keyin akademiyani kuchaytirishga vada berdi va bu ishlarni amalga oshirdi ham. Peres doimiy ravida “Real“ni taxtda ushlab turishini aytib saylovlarda yutadi. Bizning boqimanda klublarning rahbarlari, aslida oddiy muxlis tomonidan saylanishi kerak. Hozirgi holatdagi tanish-bilishchilik qilib emas. Dasturini namoyish etsin va ro'yxatdan o'tilgan muxlislar klubi tomonidan o'z loyihasini himoya qilsin, muxlis o'ziga maqul kelganini tanlab olsin va unga 4 yil imkoniyat bersin. Mana shunda o'sish bo'ladi. Muammoni “Paxtakor“dan qidirish orqali, o'z klubingiz rahbarlarini muammosini hal qilib berayotganligingiz haqida o'ylab ko'ring. Fikr bildirishdan oldin, yana bir bor o'ylab ko'ring, balki gaplarim to'g'ridir?

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика