"Paxtakor"ning Eron klublari bilan o'yinlari statistikasi qanday?
25 noy 2024 10:42
Yangiliklar


"Paxtakor"ning Eron klublari bilan o'yinlari statistikasi qanday?
Hozirga qadar Eronning jami 8 klubiga qarshi klublar musobaqalarida to'qnash kelingan. Eronliklarga qarshi bellashuvlarda "SHerlar" ijobiy natijalar qayd etib keladi. Jami 26 bellashuvning 14tasida "Paxtakor" zafar quchgan. Besh o'yinda durang qayd etilib, raqiblar 7 bor g'alaba qozongan. Raqib darvozasiga 36 to'p kiritilib, 28 gol o'tkazib yuborilgan. Toshkentda 10 uchrashuvning barchasida "SHerlar" ustun kelishgan. Raqiblar darvozalariga 18 gol urilib, 4 to'p o'tkazib yuborilgan.
Eron jamoalariga qarshi o'yinlardagi natijalar:
Zobaxan - 2:0, 0:1
Naft - 2:1, 1:1
Saba - 2:1, 2:0
Sepaxan - 2:1, 0:2, 1:3, 1:2
Traktorsozi - 1:0, 0:2, 3:3, 0:0
Fulad - 2:0, 3:1
Istiqlol - 2:1, 2:4, 2:1
Persepolis - 1:0, 1:1, 1:0, 0:2, 1:1
SHahr Xodro - 3:0, 1:0
O’xshash yangiliklar

Fikrlar