So’nggi yangiliklar

00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  0 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  0 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  14 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  11 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  22 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  24 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5

"Paxtakor"ning ertangi raqibi "Persepolis" haqida nimalarni bilishimiz kerak Yangiliklar

"Paxtakor"ning ertangi raqibi "Persepolis" haqida nimalarni bilishimiz kerak

"Paxtakor" Osiyo CHempionlar Ligasi 5-turida 6 may kuni "Persepolis"ni qabul qiladi.

Ananamizga ko'ra o'quvchilarimizga raqib haqida malumot beramiz.

"Persepolis" klubiga 1963 yilda Ali Abdu tomonidan asos solingan va 1968 yildan buyon Eron yuqori divizionida o'ynab kelmoqda.

Klub yoshlar va sport vazirligiga tegishli hisoblanadi. "Persepolis" 1973 yildan buyon o'z uy o'yinlarini jahonga mashhur "Ozodi" stadionida o'tkazib kelmoqda. Eronda Tehron derbisi mavjud, unda "Persepolis" va "Istiqlol" klublari o'zaro o'ynashadi. "Persepolis" Eronda mamlakat chempioni bo'lish bo'yicha mutloq rekordchi hisoblanadi. Tehron klubi 11 marta chempionlikka erishgan.

Klub safida Ali Karimi, Ali Dayi, Vohid Hoshemiyan, Mehdi Mahdavikiya va Ali Parvin kabi mashhur futbolchilar faoliyat olib borishgan.

Bugungi kunda "Persepolis" safida Bojidar Radoshevich (Xorvatiya), Mario Budimir (Xorvatiya), Bashar Resan (Iroq) kabi legionerlar bor. Eronlik Alirizo Beyranvand, Jalol Hussayni, Ali Alipur kabi futbolchilar ham shu klubda o'ynaydi.

"Persepolis" sakkizinchi marta Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etmoqda. Oldingi etti mavsumda klub besh bor guruhdan chiqqan. Jamoaning eng yuqori natijasi 2018 yilda kuzatildi. "Persepolis" o'tgan mavsumda OCHLda finalga qadar etib borishga muvaffaq bo'lgan va "Kashima Antlers"ga mag'lub bo'lgandi.

Bu klub Osiyo chempionlar ligasida O'zbekiston klublari bilan 9 marta to'qnash kelgan. Ustunlik forslar tomonida: 3 g'alaba, 2 mag'lubiyat va 4 durang.

Eron chempionatida 16 jamoa ishtirok etadi, ayni paytda "Persepolis" 28ta o'yindan so'ng 57 ochko to'plab chempionatda birinchi o'rinda turibdi. Ivankovich shogirdlari 28ta o'yindan faqat 1tasida mag'lub bo'lishgani diqqatga sazovor.

Eron chempionatida “Persepolis” klubi hujumchisi Ali Alipur 13ta gol bilan to'purarlar poygasida ikkinchi o'rinda bormoqda.

“PERSEPOLIS” FUTBOL KLUBI
Laqabi:
“Qizil armiya”
Tashkil etilgan sana: 1963 yil, dekabr
Stadioni: “Ozodi”.
Sig'imi: 78116 tomoshabin
Klub prezidenti: Iraj Arab
Bosh murabbiyi: Branko Ivankovich (Xorvatiya)
Klub sayti: fc-perspolis.com

Sovrinlari:
Eron chempioni -
11 marta
Xafzi Kubogi sohibi - 5 marta
Eron Superkubogi - 2 marta
Tehron Xafzi Kubogi sohibi - 2 marta
Osiyo Kubok egalari Kubogi sohibi - 1 marta


Bugungi kunda jamoani xorvatiyalik mutaxassis Branko Ivankovich boshqarib kelmoqda.

Ivankovich futbolchilik faoliyatini bitta klub safida o'tkazgan duyondagi sanoqli insonlardan biri hisoblanadi. U faoliyatini 1979 yilda sobiq Yugoslaviyaning "Varteks" (hozirda "NK Varajdin" deb nomlanadi) klubi tarkibida boshlagan hamda 1990 yilga kelib aynan shu klubda faoliyatini yakunlagan. Keyingi yil u darhol jamoa bosh murabbiyiga aylangan edi. Bu klubda 4 yil davomida ishlab Xorvatiyaning boshqa klublariga ketgandi. 1998 yilgi Jahon chempionati vaqtida Ivankovich bosh murabbiy Miroslav Blajevichga yordamchi bo'lgan. 1999-2000 yilgi mavsum murabbiy Germaniya ikkinchi bundesligasida o'ynayotgan "Gannover" klubi ustozi bo'lgan. 2002 yilda 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan iborat Eron terma jamoasini Osiyo o'yinlarida chempion qildi. So'ngra Eron milliy terma jamoasiga bosh murabbiy bo'ldi. 2004 yil Xitoyda o'tgan Osiyo Kubogida jamoani bronza medallariga ega chiqishiga xissa qo'shdi, 2006 yil Germaniyada bo'lgan Jahon chempionatiga forslarni aynan Ivankovich olib chiqqandi. So'ngra ikki yil davomida o'z yurtida, Zagrebning "Dinamo"sida ishlab mamlakat chempioni bo'ldi, Xorvatiya kubogi va Superkubogini yutdi. 2010 yilda Xitoyning "SHandong Luneng" klubini chempion qildi. CHin yurtida ham ikki yil ishlab, Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tdi. Bu erda "Al Ittifoq" klubi bilan SHaxzoda kubogida finalga qadar etib bordi. 2012 yilda BAAning "Al Vahda" klubini qabul qilib oldi. 2013 yilda Ivankovich yana Zagrebga qaytdi. 2015 yil unga Tehronning "Persepolis" klubidan taklif bo'ldi. O'shandan buyon tajribali murabbiy aynan shu jamoada ishlab kelmoqda. Ivankovich boshchiligida jamoa ketma-ket ikki marta Eron chempioni bo'ldi va Eron Superkubogi sohibiga aylandi. 2018 yilgi OCHLda finalga qadar etib bordi.

Branko Ivankovich 2007 va 2008 yillarda Xorvatiyaning, 2010 yilda Xitoy chempionatining, 2017 va 2018 yil Eron chempionatining eng yaxshi murabbiy deb topilgan.

Branko IVANKOVICH
Tug'ilgan sanasi:
28.02.1954
Tug'ilgan joyi: Varajdin, Xorvatiya
Futbolchilikdagi ampluasi: Hujumkor yarim himoyachi
O'ynagan jamoasi: "Varteks" (hozirgi "NK Varajdin") (Xorvatiya) 1979-1990 yillar
Boshqargan jamoalari: "Varteks" (Xorvatiya), "Segesta" (Xorvatiya), "Rieka" (Xorvatiya), Xorvatiya yordamchi murabbiy, "Gannover" (Germaniya), Eron U-23, Eron MTJ, "Dinamo Zagreb" (Xorvatiya), "SHandon Luneng" (Xitoy), "Ittifoq" (Saudiya Arabistoni), "Al Vahda" (BAA), 2015 yildan buyon "Persepolis"da.



Darvozabonlar

1. Alirizo Beyranvand
12.Abulfazl Darvishvand
44. Bozidar Radoshevich (Xorvatiya)

Himoyachilar
3. SHojai Halilzoda
4. Said Jalol Hussayni
13. Hussayn Mahini
15. Muhammad Ansari
17. Mehdi SHiri
28. Muhammad Nodiri
38. Said Ehson Hussayni
69. Ali Moslah Taklimi

Yarim himoyachilar
2. Omid Alishoh
5. Bashar Resan (Iroq)
7. Surush Rafei
8. Ahmad Nurollohi
11. Kamoliddin Kamyabinia
18. Muhsin Rabixon
21. Adam Nemati
26. Said Hussaynpur
88. Siamak Nemati

Hujumchilar
9. Mehri Torabi
10. Mehdi SHarifi
19. Mario Budimir (Xorvatiya)
23. Muhammad Amin Asadi
66. Said Karimi
70. Ali Alipur

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика