So’nggi yangiliklar

20:00Футзал. Ўзбекистон - Вьетнам 0:1 (матнли трансляция)  25 19:30Тарихда илк бор Жаҳон чемпионатида Марказий Осиёдан 2 та терма жамоа иштирок этади  11 18:57Футзал. Таиланд чорак финалда Ироқни таслим қилди. Ярим финалдаги рақиб - Тожикистон  4 18:33Мбаппе ПСЖдан кетиши оқибатида 130 млн евродан воз кечиши мумкин  1 17:35"Спартак" собиқ устози "Милан"ни бош мураббийлигига асосий номзод   1 17:10«Сити»нинг икки асосий футболчиси «Брайтон»га қарши майдонга тушмаслиги мумкин  3 16:45«Атлетик»да 15 йил ўйнаган футболчи клубдан кетмоқда  3 16:21U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони учрашувида бизга таниш ҳакам ишлайди  21 16:04"Дон-дон-зики", хушчақчақ Кападзе — Ўзбекистон - Вьетнам учрашувидан 93 та расм  1 15:53Футзал. Эрон кетма-кет 9 марта Жаҳон чемпионатига йўлланма олди!  6 15:26АПЛда «Олтин қўлқоп» учун асосий даъвогар маълум бўлди  3 15:05"Фейеноорд" бош мураббийи топ-клублардан бирида иш бошлаши мумкин  4 14:45"Ўзбекистон ҳеч кимдан қўрқмаслигини намойиш этди". Сайтимизнинг россиялик ходими Вьетнам устидан қозонилган ғалаба ҳақида қандай фикрда?  12 14:25Футзал. Тожикистон ўз тарихида илк бор Жаҳон чемпионатига чиқди!  16 14:20Обит яна футбол ўйнай оладими?  0

"Paxtakor"ni hakamlar chempion qildimi? Yangiliklar

"Paxtakor"ni hakamlar chempion qildimi?

Superliganing 22-turi doirasida Toshkentda o'tkazilgan "Paxtakor" - "Qizilqum" (4:2) bahsi chempionlik o'yiniga aylanib ketdi.

Bu uchrashuvdan keyin ochkolari sonini 54 taga etkazib olgan "sherlar" 14-bor mamlakat chempionligini rasmiylashtirishdi. Biroq, o'yin davomida va yakunida Navoiy klubi vakillari tomonidan uchrashuvda ishlagan hakamlar brigadasiga keskin etirozlar bildirildi. Jumladan, "Qizilqum" ustozi Hamidjon Aktamov referilar uni futboldan bezdirib yuborganini takidladi. Islom To'xtaxo'jaev esa hakamlar brigadasi yo'q joydan 2 ta penalti o'ylab topganini aytdi.

Uchrashuvni Firdavs Norsafarov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib bordi. 

16:15 - PAXTAKOR – QIZILQUM

Hakamlar: Firdavs Norsafarov, Daler Tilloev, Hasan Nabiev, Husan Muzaffarov

Nazoratchi: Baxtiyor Tagaev

Komissar: Zoxirjon Akramxonov

Etiborli jihati, 27 yoshli referi joriy mavsum hisobidan 2-bor "Paxtakor"ning o'yinida ishladi va ikkala safar ham poytaxt jamoasiga yon bosishda ayblandi.

Yodingizda bo'lsa, Superliganing 5-turi doirasidagi "Navbahor" — "Paxtakor" o'yinini ham Norsafarov boshqargan va Sardor Rashidov ishtirokidagi epizodda penalti belgilagani uchun namanganlik muxlislarning qahriga uchragan edi. 

Biroq, keyinchalik o'sha epizod borasida fikr bildirgan ekspertlar qarshilik referi to'g'ri qaror qabul qilganini tasdiqlagan. Bugun esa Norsafarov 1 emas, 2 bor 11 metrlik nuqtaga ishora qildi ("sherlar"  foydasiga). Quyida o'sha vaziyatlarga to'xtalmoqchimiz.

1-penalti (to'g'ri, bor edi)

Mazkur epizod uchrashuvning 35-daqiqasida sodir bo'ldi. Dostonbek Hamdamovning Nesterov darvozasi tomon yo'llagan zarbasiga Islom To'xtaxo'jaev to'g'onoq bo'ldi. Zarb bilan tepilgan to'p "Qizilqum" himoyachisining tizzasiga "rikoshet" hosil qilib, qo'liga ham tegib ketdi. 


Bu vaziyatda penalti yo'qligini davo qilayotganlar To'xtaxo'jaevning sirpanib ketayotgani, tizza va qo'l orasidagi masofaning yaqinligi, shuningdek, to'pning o'zi qo'lni topganini asos sifatida ko'rsatyapti. Biz esa o'sha epizod uchun mutaxassis fikri bilan qiziqdik. 

Futbolimiz tarixidagi eng yaxshi hakamlardan biri shunday dedi: "To'p jarima maydonchasi ichida himoyalanayotgan futbolchining qo'liga o'zining qaysidir azosidan kelib tegsa, 11 metrli nuqta ko'rsatiladi. FIFAning yangi qoidalariga ko'ra, masofaning yaqinligi ham, beixtiyor hosil bo'lgan "rikoshet" ham penaltini bekor qilish uchun asos bo'lolmaydi. Masalan, ushbu holatga etibor qarating: To'xtaxo'jaevning qo'li o'zi istasa ham, istamasa ham to'pning yo'nalishini o'zgartirdi. FIFA mantig'iga ko'ra, agar shu "kontakt" bo'lmasa, to'p SHerzod Temirov tomonga yo'nalishi ham mumkin edi. SHu bois, FIFA bu kabi vaziyatlar uchun penalti belgilashni so'rayapti. Ammo jarima maydonchasining tashqarisida shunday holat ro'y bersa, masofaning yaqinligi va qo'lning tabiiy holatda ekani inobatga olinib, o'yinni davom ettirish uchun ruxsat beriladi. Tushuntira oldimmi? FIFA jarima maydonchasi ichida va tashqarisida ro'y beradigan 1 xil epizod uchun 2 xil qaror chiqarishni so'raydi. 

Umuman olganda, futbol qoidalari kun sayin o'zgarib ketyapti. Muxlislarni qo'ya turing, aksar futbolchi va murabbiylar ham bu o'zgarishlardan bexabar qolib ketyapti. Yaqinda Millatlar Ligasi finalida ro'y bergan holatdan keyin yuzaga kelgan munozaralar bu fikrni isbotlaydi. Yani, yashil maydonda 2-3 yil oldin amal qilgan qoidalar shiddat bilan o'zgarishga uchrayapti. SHunday ekan, referilar "tomorqasiga tosh otishdan oldin" o'ynayotgan yoki tomosha qilayotgan o'yinimiz qoidalaridan yaxshi xabardor bo'lishimiz kerak. Takrorlayman, futbol qoidalari kun sayin isloh qilinmoqda".

SHuningdek, navoiylik futbolchilar hakamga etirozni penalti belgilanishidan oldinroq boshlashgan edi (Xususan, Elguja Grigalashvili). Ular "Paxtakor" futbolchisi to'pni o'yin qoidasi buzilgan joydan o'yinga kiritmaganidan norozi bo'lishgan edi ↓↓↓

Mustafoev to'pni qo'li bilan o'ynagan nuqta ↑

Anzur to'pni o'yinga kiritgan nuqta ↑

2-penalti (xato, yo'q edi)

Uchrashuvning 60-daqiqasi o'tib borayotgan bir pallada Firdavs Norsafarov "Qizilqum" darvozasi tomon 2-bor penalti belgiladi.

Guvohi bo'lganingizdek, SHahzod Turopov to'p bilan ketayotgan Abror Ismoilovga nisbatan qo'pollik ishlatdi. Savol shuki, qoida jarima maydonining ichida buzildimi yoki tashqarida? Biz suhbatlashgan ekspert shunday javob qaytardi: 

"Bu vaziyat haqida fikr bildirish 1-penaltiga nisbatan murakkabroq. CHunki "fol" borligi aniq, ammo biz ko'rayotgan kadrlar juda sifatsiz bo'lib, qoida buzilgan nuqta haqida tugal fikr aytish qiyin. Epizodni o'ng tomondan ko'rsatgan takroriy lavhalardan birida Turopov jarima maydonchasiga kirmasdan qo'pollik ishlatgandek ko'rindi. Yani, penalti yo'q edi va Firdavs noto'g'ri qaror chiqardi. Agar uchrashuvda VAR tizimi ishlasa, albatta, penaltini bekor qilgan bo'lardi".

SHu o'rinda savol tug'iladi: nega bu o'yinda VAR tizimidan foydalanilmadi?

Boisi shundaki, yurtimizda bu texnologiyadan faqat ikkitasi mavjud. Bu orqali 1 turda maksimum 6 ta o'yinni qamrab olish mumkin. 22-tur doirasidagi o'yinlarga etibor qaratilsa, poytaxtda o'tadigan o'yin eng osoni hisoblanadi. 

1. CHempionlikni deyarli naqd qilgan "Paxtakor" o'rtamiyonalar qatoridagi o'rnini kafolatlab qo'ygan "Qizilqum" bilan o'ynadi. Qolgan 6 bahsda esa autsayderlar zonasidan qochish yoki madallar uchun kurashayotgan jamoalar to'qnashdi.

2. "Qizilqum" oxirgi yillarda "Paxtakor"ga umuman qarshilik ko'rsata bilmayotgan edi ("sherlar" oxirgi 8 o'yinning barchasida "Qizilqum"ni mag'lub qilgan).

Yuqoridagi fikrlarning barchasi uzoq yillik hakamlik tajribasiga ega bo'lgan mutaxassis bilan fikr almashib yozildi. "Qizilqum" rasmiylari o'yindan keyin Firdavs Norsafarovning ustidan shikoyat yozganini inobatga olsak, tez orada Hakamlar departamentining yuqoridagi epizodlar to'g'risidagi bayonoti elon qilinsa kerak. Kutamiz...

Superliga. "Kapitan"dan debyut gol

Muallif :
Reyting: -64   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика