"Paxtakor"ni boshqarishi taxmin qilingan murabbiy Xitoy klubini qabul qilib oldi
06 jan 2021 13:32
Yangiliklar
"Paxtakor"ni boshqarishi taxmin qilingan murabbiy Xitoy klubini qabul qilib oldi
SHota Arveladze ketganidan so'ng "Paxtakor"ni boshqarishi kutilgan murabbiylar orasida Slaven Bilich nomi ham yangragan edi.
Biroq xorvatiyalik murabbiy O'zbekistonga kelmaydigan bo'ldi. Sababi Bilich yaqinda Xitoyning "Beyjing FK" klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Eslatib o'tamiz, Slaven Bilichning oxirgi ish joyi "Vest Bromvich" bo'lgandi.
"Beyjing FK" o'tgan mavsum Xitoy chempionatida 3-o'rinni egalladi. SHuningdek, Osiyo chempionlar ligasida chorak finalga qadar etib bordi. Bu jamoa OCHLning amaldagi g'olibi "Ulsan Xyunday"ga mag'lub bo'lib musobaqani tark etdi.
Ushbu muxtaxassis faoliyati davomida Xorvatiya milliy termasini boshqarish bilan birga "Lokomotiv" Moskva, Turkiyaning "Beshiktosh", Angliyaning "Vest Xem", Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klublarida ham ishlagan.
Fikrlar