"Paxtakor"dan uchralgan mag'lubiyat sabab "Istiqlol"da murabbiy o'zgardi
07 okt 2020 20:50
Yangiliklar


"Paxtakor"dan uchralgan mag'lubiyat sabab "Istiqlol"da murabbiy o'zgardi
Eronning "Istiqlol" klubi OCHLdagi ishtirokini yakunlab Tehronga qaytib borgach, ko'p o'tmay o'zgarish ro'y berdi.
Gap shundaki, bungacha jamoani boshqarib kelgan Majid Namju Motlag istefoga chiqarilib, uning o'rnini boshqa murabbiy Mahmud Fekiri egalladi.
Fekiri shu paytga qadar "Nassaji" klubini boshqarib kelayotgandi. "Istiqlol" rahbariyati o'z paytida "Verder"ni boshqargan Aleksandr Nuri bilan muzokara olib bordi, biroq moliyaviy muammolar sabab Nurining kelishi amalga oshmadi.
SHu bois jamoa mahalliy mutaxassis Mahmud Fekiriga ishonib topshirildi. Malumot uchun, ushbu murabbiy o'z paytida "Istiqlol"da to'p tepgan. "Istiqlol" 2013 yildan beri Eron chempioni bo'la olmayapti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar