So’nggi yangiliklar

01:57"Интер" кетма-кет 5 та пенальти қайтарган дарвозабонни сотиб олмоқчи  1 01:18Левандовски билан можаро сабаб ишсиз қолган мутахассис Қозоғистон терма жамоасини бошқариши мумкин  1 00:49"Бавария" "Барселона", "Ливерпул" ва "Реал" қизиқаётган ҳимоячи билан боғланди  0 00:15Жейми Каррагер: "Ливерпуль" деярли баскетбол жамоасига айланиб қолди"  1 23:31УЕФА "Барселона" ва "Милан"га АҚШ ва Австралияда ўйин ўтказишга рухсат берди, лекин ташкилот миллий лигалар ўйинларини чет элда ўтказишни қўллаб-қувватламайди  0 22:31ФИФА президенти Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийини табриклади  24 22:00"Барселона" Араухони қанчага сотмоқчи?  5 21:36"Қайрат" бош мураббийи Калмурзага машина совға қилиниши ҳақида: "Агар ёрдам бермоқчи бўлсангиз – клубга автобус ёки микроавтобус совға қилинг. Бир кишини алоҳида ажратиш нотўғри, бу жамоавий спорт"  3 21:08"Марсель" "Реал" ҳужумчисини ижарага олмоқчи  1 20:01"Челси" "Ювентус" етакчиси учун 66 млн евро таклиф этди ва рад жавобини олди  7 19:39Гвардиола Родрининг янги жароҳати ҳақида: "Биз унга ғамхўрлик қилишга ҳаракат қилдик, аммо бўлар иш бўлди"  2 19:16Шенсни "Барселона"да биринчи марта мағлубиятга учради   1 18:55Уругвай терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин учун қайдномаси маълум  32 18:27Ўзбекистон терма жамоаси машғулотларга киришди   17 18:16Алонсо Килиан Мбаппе жароҳат олганини маълум қилди  7

“Paxtakor”da rekordlarni yangilab borayotgan Igor Sergeev 27 yoshga to'ldi Yangiliklar

“Paxtakor”da rekordlarni yangilab borayotgan Igor Sergeev 27 yoshga to'ldi

Bugun 30 aprel sanasida “Paxtakor” klubi va O'zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev dunyoga kelgan.

Iqtidorli va maxoratli futbolchi bugun 27 yoshga qadam qo'ydi. SHu munosabat bilan Sergeevning faoliyatiga yana bir bor nazar tashlasak maqsadga muvofiq bo'ladi.

Toshkentning “Paxtakor” jamoasi tarbiyalanuvchisi bo'lgan futbolchi klub o'rinbosarlar jamoasidagi ajoyib o'yinlari bois 2011 yil mart oyida 18 yoshidayoq asosiy tarkibda debyut qildi. Tez orada jamoaning asosiy futbolchisi va etakchisiga aylana oldi va terma jamoa murabbiylarining nazariga tusha boshladi. 2012 yil BAAda o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida Ahmadjon Musaev boshchiligidagi terma jamoamiz yarim finalga qadar etib borib, mundial yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Mana shu turnirda Igor 7ta gol bilan to'purarlar qatorida etakchilikni qo'liga oldi. 

Garchi, o'sha paytda Oliy Ligada “Bunyodkor” karvonboshilik qilsada, yakunda chempionlik kubogi “Paxtakor”ga topshirildi. 2013 yil Sergeev uchun yutuqlarga va muvaffaqiyatlarga boy yil bo'ldi desak yanglishmagan bo'lamiz. SHu yili Turkiya yashil maydonlarida tashkillashtirilgan U-20 yosh toifasidagi jahon chempionatida vakillarimiz kuchli sakkizlikka kirishga muvaffaq bo'ldilar. O'tkazilgan uchrashuvlarda hujumchimiz Yangi Zelandiya va Greciya terma jamoalarining posbonlarini o'z darvozalaridan to'p olib chiqishiga majbur qila oldi. Ayniqsa, yunonlar bilan kechgan nimchorak final o'yinidagi g'alabaga qo'shgan hissasi muhim ahamiyat kasb etdi. 

Bu orada milliy terma jamoa bosh murabbiyi futbolchiga Iordaniya bilan kechgan pley-off bahsining Toshkentdagi javob uchrashuvida zahiradan maydonga tushirdi. Natijada terma jamoadagi o'zining ilk uchrashuvini o'tkazdi. Oktyabr oyida esa Osiyo kubogi-2015 saralashidan o'rin olgan Vetnamga qarshi bellashuvda debyut golini urdi. Keyingi yillarda muntazam termadan chaqiruv olgan holda tajriba to'plab bordi. Mirjalol Qosimov 2015 yilgi Avstraliyadagi Osiyo kubogi oldidan yakuniy ro'yhatga kiritdi. Uchta uchrashuvda qatnashdi va bitta golni hisobiga yozdirib qo'ydi. Uning birinchi turda KXDR darvozasiga kiritgan to'pi g'alaba keltirdi. 

Yilni yaxshi boshlagan forvard mavsum yakunida 24ta gol bilan Oliy Liga to'purari bo'ldi. Bu albatta 22 yoshlik futbolchi uchun katta natija hisoblanardi. Terma jamoa ruli Samvel Babayan qo'liga o'tganda ham doimiy ravishda gollar urishda davom etdi. Biroq, keyingi ikki yilda u hayotidagi eng og'ir damlarni boshidan kechirdi. 2016 yilning ikkinchi davrasida Xitoyning “Beyjing Goan” jamoasiga ijaraga berildi. U chin yurtida o'zini ko'rsata olmadi va etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lmadi. Bu esa terma jamoadagi faoliyatiga tasir qilmay qolmadi. 

Igor JCH-2018 saralash bosqichining hal qiluvchi raundida doimiy ravishda asosiy tarkibda maydonga tushsada betakror gollari bilan muxlislarni xursand qila olmadi. Natijada tanqid toshlari, turli etirozlar ostida qolib ketdi. Bu esa albatta ruhiyatiga salbiy tasir qildi. Malum muddat BAAning “Al Dafra” jamoasida o'ynab qaytdi. Amirliklardagi ishlari uncha yurishmagach ortga qaytdi. O'tgan mavsumda esa biz yana avvalgi Sergeevni ko'rishga muvaffaq bo'ldik. U yana oldingidek chiroyli gollari bilan stadionga kelganlarga zavq ulashdi. Jamoa to'purarlari orasida CHerandan keyingi o'rinni egalladi. Ishonamizki, Sergeev kelajakda milliy terma jamoamiz va “Paxtakor” bilan xalqaro maydonlarda yurtimiz sharafini munosib himoya qila oladi.

Saytimiz ijodkorlari nomidan Igor Sergeevga sog'lik va salomatlik, keyingi faoliyatiga omad tilab qolamiz!



Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика