"Paxtakor" "Jetisu"dan ustun keldi
18 jan 2015 09:05
Yangiliklar
"Paxtakor" "Jetisu"dan ustun keldi
Qozog'istonning "Jetisu" klubi bilan maydonga tushgan "Paxtakor" 2:1 hisobida zafar quchdi. Birinchi bo'limda ustunlik ko'proq jamoamiz tarafida bo'ldi. 20-daqiqada Sohibovning zarbasidan keyin to'p darvoza ustunidan qaytdi. 35-daqiqada Oraxovac hisobni ochdi. Adnan yaqindagina "Paxtakor" bilan shartnoma imzolagandi. Birinchi bo'lim oxirida raqib hisobni tenglashtirdi.
Ikkinchi bo'limda jamoamiz tarkibida bir necha o'zgarish amalga oshirildi. 49-daqiqada Andreevning zarbasidan keyin to'p "Jetisu" futbolchisiga tegib, darvoza to'ridan joy oldi. Ushbu natija o'yin oxirigacha o'zgarmadi. Keyingi nazorat bahsini "sherlar" 20 yanvar kuni Rossiyaning "Mordoviya" jamoasiga qarshi o'tkazadi.
"PAXTAKOR" - "JETISU" - 2:1 (1:1)
Gollar: Oraxovac 35, Andreev 49.
"Paxtakor": Ribkin, Merzlyakov, Tojiev (I.Abdullaev, 75), Oraxovac, Hoshimov (Xolmuhammedov, 76), Sohibov (J.Hakimov, 79), Andreev (Maxaradze, 54), Ismatullaev (Kozak, 62), Karimov (Rahmatullaev, 46), Masharipov (Soliev, 66), Pardaev (Olimov, 57).
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar