"Paxtakor": Yoshlar jamoasi "Qo'qon-1912"ga yutqazdi
20 jan 2014 15:38
Yangiliklar

"Paxtakor": Yoshlar jamoasi "Qo'qon-1912"ga yutqazdi
"Koppa Karnevale" turnirida qatnashishga hozirlik ko'rayotgan "Paxtakor"ning yoshlar jamoasi "Qo'qon-1912"ga qarshi nazorat o'yini o'tkazdi.
Uchrashuvda qo'qonliklar 2:1 hisobida zafar quchishdi. Yoshlarimizning yagona goliga Jasur Hakimov mualliflik qildi. Bugundan Ilhom Mo'minjonov mashg'ulotlarda barcha futbolchilarni shug'ullantirish imkoniyatiga ega bo'ldi. Bir qator o'yinchilar jamoa mashg'ulotlariga qo'shilishdi. Bungacha ular asosiy tarkib safida mashg'ulotlarda ishtirok etishayotgandi.
24 yanvar kuni soat 10:30da "So'g'diyona" asosiy tarkibi va 28 yanvar kuni soat 13:00da "SHo'rtan"ning asosiy tarkibiga qarshi nazorat bellashuvlari o'tkaziladi. Fevral oyi boshida esa jamoa Italiyaga yo'l oladi.

Fikrlar