"Paxtakor" vice-prezidenti Gruziya elchisi bilan uchrashdi
15 sen 2014 15:37
Yangiliklar

"Paxtakor" vice-prezidenti Gruziya elchisi bilan uchrashdi
Bu yil Tbilisining "Dinamo" jamoasi Sobiq Ittifoq chempionatida ilk oltin medalni qo'lga kiritganiga 50 yil to'ladi.
O'shanda birinchi o'rin uchun qo'shimcha uchrashuvda "Dinamo" Moskvaning "Torpedo" klubini "Paxtakor" stadionida 4:1 hisobida dog'da qoldirgandi. SHu munosabat bilan gruziyaliklar o'sha tarixiy g'alabani munosib nishonlashni maqsad qilishgan. Muhtaram elchi suhbat davomida futbolga bo'lgan qiziqishi, "Paxtakor" va o'zbek futboli haqida fikrlarini aytib o'tdi.
SHu bilan birga Tbilisi jamoasining muvaffaqiyatini nishonlash maqsadida Toshkentga "Dinamo"ning yoshlar tarkibi "Paxtakor" yoshlari bilan kuch sinashish uchun tashrif buyurishi, "Dinamo" safida 1964 yilgi o'yinda maydonga tushgan va Gruziya futbolining bir qator afsonalari kelishini rejalashtirayotganini takidladi.
O'z navbatida "Paxtakor" vice-prezidenti ham bunga ijobiy munosabat bildirdi. SHunday qilib, 14-15 noyabr kunlari Toshkentga "Dinamo" Tbilisi afsonalari va yoshlar tarkibi tashrif buyuradi. 1995 yil va undan keyin tavallud topgan futbolchilar o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi o'tkaziladi. Tadbirga "Torpedo" vakillarini taklif etish ham ko'zda tutilgan.

Fikrlar