“Paxtakor” va "iTicket.uz" o'rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi
31 jan 2020 14:23
Yangiliklar


“Paxtakor” va "iTicket.uz" o'rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi
Kuni kecha "Paxtakor" FK bosh direktori Dmitriy Adisman "iTicket.uz" kompaniyasi direktori Mirhosil Majidiy bilan uchrashdi.
Unda tomonlar hamkorlik doirasida turli masalalarni muhokama qilib, hamkorlik to'g'risida shartnomani imzolashdi.
Bir necha kun ilgari endilikda "Paxtakor"ning uy o'yinlariga chiptalarni "iTicket.uz" sayti va ilovasi orqali xarid qilish imkoniyati paydo bo'lgani haqida malumot berib o'tgandik.
Joriy mavsumda "Paxtakor"ning birinchi uy o'yini 10 fevral kuni Osiyo CHempionlar Ligasi guruh bosqichi doirasida BAAning "SHabab Al Ahli" jamoasiga qarshi "Paxtakor" stadionida o'tkaziladi.
"iTicket.uz" orqali chiptalarni xarid qiling va "Paxtakor"ni qo'llab-quvvatlang!
O’xshash yangiliklar
14:52
"Sherlar" so'nggi soniyalarda g'alabani ilib ketgan "Paxtakor" – "Xorazm" o'yinidan GALEREYA 0

Fikrlar