"Paxtakor": Turkiyadagi ilk mashg'ulotlar o'tkazildi
26 jan 2014 17:06
Yangiliklar

"Paxtakor": Turkiyadagi ilk mashg'ulotlar o'tkazildi
Kecha 25 yanvar kuni, Turkiyaning Antalya shahrida "Paxtakor" klubining ilk xorijiy yig'ini boshlandi.
Oldin xabar berilganidek, tarkibga Ummonda bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida terma jamoa sharafini himoya qilgan futbolchilarimiz ham qo'shilishgan.
Himoyachi Boyan Miladinovich Turkiyada jamoa ixtiyoriga kelib qo'shildi. Yana bir himoyachi, Artyom Filiposyan 28 yanvar kuni jamoa qarorgohiga etib keladi.
Delegaciya kecha PAPILLON mehmonxonasida joylashdi. Ob-havo noqulay kelgani tufayli futbolchilar trenajer zalida shug'ullanishdi. Bugun 26 yanvar kuni, futbolchilar mehmonxona yonidagi maydonda mashg'ulot o'tkazishdi. Yigitlar maydonda to'p bilan harakat qilishdi va to'laqonli mashg'ulot o'tkazishdi.
Davron Hoshimovdan boshqa barcha umumiy guruhda shug'ullandi. Himoyachini charchoq alomatlari bezovta qildi. Klub menedjeri boshchiligidagi murabbiylar shtabi yig'in doirasidagi ilk nazorat uchrashuviga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi.
Eslatib o'tamiz, 29 yanvar kuni Nijnekamsning Nefteximik klubiga qarshi nazorat uchrashuvi tashkil etiladi.

Fikrlar