So’nggi yangiliklar

11:35Франк Лебёф: "Реал"да Беллингем, Винисиус ва Мбаппе бор – бу муаммо"  3 10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  2 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  1 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  12 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  2 08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  3 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  2 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  3 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  9 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  2 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  9 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  8 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  67 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1

"Paxtakor" transfer masalasi bo'yicha "Lokomotiv" va "Navbahor" klublarini ogohlantirdi Yangiliklar

"Paxtakor" transfer masalasi bo'yicha "Lokomotiv" va "Navbahor" klublarini ogohlantirdi

Toshkentning "Paxtakor" klubi kelasi mavsum uchun tarkibni kuchaytirish maqsadida selekciya ishlarini boshlab yuborgan.

SHu munosabat bilan "Paxtakor" jamoasi Superligada ishtirok etayotgan bazi futbolchilarga qiziqish bildirmoqda.

Xususan "Lokomotiv" mudofaa chizig'i vakili Anzur Ismoilovning amaldagi jamoasi bilan shartnomasi yil yakunida nihoyasiga etishi munosabati bilan "Paxtakor" futbolchi bilan muzokaralarga kirishgan. Bu haqda esa klub "Loko"ni ogohlantirgan va rasmiy xat yuborgan. SHuningdek, "Navbahor"da o'ynayotgan rossiyalik futbolchilar, Igor Golban va Aleksandr Kasyan bo'yicha ham klub qiziqish bildirmoqda va futbolchilar bilan muzokaralarga kirishishdan oldin "Navbahor" klubiga ogohlantirish xati yuborgan.

Qayd etish kerakki, Golban va Kasyanning ham amaldagi shartnomasi hozirgi klubi bilan yil yakuniga qadar mo'ljallangan. 

Katta ehtimol "Paxtakor" klubi markaziy himoyachilar Golban yoki Ismoilov variantidan birini tanlashi mumkin. Kelasi mavsumda esa jamoani hozirgi serbiyalik himoyachisi, yil yakunida shartnomasi tugaydigan Marko Simich tark etish ehtimoli yuqori. "Paxtakor" esa mazkur futbolchining o'rniga zaxira izlash harakatida.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yili "Navbahor"ga ogohlantirish xati yubormaganligi aytilgan va keyinchalik amalga oshirilgan transfer, yani Aziz Turg'unboev bo'yicha mashmashali jarayon tufayli "Paxtakor" shartnoma tuzgan futbolchisini yakunda qo'ldan chiqargandi. SHu boisdan ham endi klub futbolchi bilan muzokaralarga kirishishgan avval amaldagi jamoasini ogohlantirib qo'ymoqda.

Malumot o'rnida shuni aytish kerakki, futbolchi amaldagi jamoasi bilan tuzgan shartnomasi tugashiga 6 oydan kam muddat qolganda boshqa klub bilan muzokaralarga kirishishi va yangi jamoa bilan shartnoma imzolash huquqiga ega.

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика