"Paxtakor": Tarbiyalanuvchilarimiz "Ximki Kubogi" final bosqichiga yo'l olishdi
30 mar 2016 12:25
Yangiliklar


"Paxtakor": Tarbiyalanuvchilarimiz "Ximki Kubogi" final bosqichiga yo'l olishdi
"Paxtakor" tarbiyalanuvchilari Ximkida o'tkazilayotgan "Ximki Kubogi"da ishtirok etishmoqda.
Stanislav Kudryashov boshchilik qilayotgan U-15 jamoasi birinchi bosqichda "Ximki"ni 1:0, "Avtovo"ni 2:0 hisobida dog'da qoldirib, final raundiga yo'llanma oldi. Unda 4 jamoa o'zaro to'qnash keladi. Birinchi o'yinda "Anji"ga qarshi 1:1 hisobi qayd etildi. Bugun uchrashuvlar davom ettiriladi.
2002 yilda tavallud topgan tarbiyalanuvchilar Dilshod Nuraliev qo'l ostida turnirda qatnashishmoqda. Birinchi bosqichda "Zelenograd" (2:3) va "CHeboksar" (4:0) bilan maydonga tushgan yoshlarimiz final raundiga yo'llanma olishdi. Birinchi turda "Dinamo" Moskvaga qarshi bahs 1:1 hisobida yakunlandi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar