"Paxtakor" tarbiyalanuvchilari xotira turniri g'olibi
27 apr 2018 10:24
Yangiliklar
"Paxtakor" tarbiyalanuvchilari xotira turniri g'olibi
Toshkent viloyatida "Paxtakor"ning sobiq futbolchilari Mixail An, Vladimir Fyodorov va Olim Ashirov xotirasiga bag'ishlangan musobaqa o'tkazildi.
2005-06 yillarda tug'ilgan yosh o'yinchilar ishtirokida o'tkazilgan turnir 29-bor tashkil etildi. Musobaqaning hal qiluvchi uchrashuvlari Qibraydagi stadionda bo'lib o'tdi. Uchinchi o'rinni Yangiyo'l BO'SM tarbiyalanuvchilari qo'lga kiritishdi. Ular "Sergeli"dan 4:0 hisobida ustun kelishdi. Final bahsida esa "Paxtakor" va "Yangier" jamoalari to'qnash kelishdi. Bellashuvda ustunligi ko'zga tashlangan "Paxtakor" raqibni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratib, turnir g'olibiga aylandi.
Ushbu musobaqa "Paxtakor" futbol klubi faxriylar kengashi Raisi Alla Tazetdinova va Toshkent viloyati futbol federaciyasi tashabbusi bilan tashkil etildi.



O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar