"Paxtakor" stadioni bo'yicha rasmiy malumot
27 noy 2019 13:56
Yangiliklar


"Paxtakor" stadioni bo'yicha rasmiy malumot
Ayni paytda stadionning yangi ko'rinishi qanday bo'lishi aniqlanmoqda, taqdim qilingan loyihalar orasidan birini tanlab olish jarayoni ketmoqda. Saytimizda elon qilingan tenderdan so'ng 20ga yaqin kompaniyalar o'z takliflarini bildirishgan. Stadion FIFAning oxirgi talablariga javob beradigan holatda bunyod etilishi sababli oxirgi qarorga kelishdan avval barchasini puxta o'ylab ko'rish talab etiladi. Maqul deb topilgan loyiha tanlangach, stadion poytaxtimiz markazida joylashishi va uning ko'rkiga aylanishi maqsadida hukumatning tegishli idoralari bilan birgalikda qurilish ishlari qachon boshlanishi borasida to'xtamga kelinadi. Ayni holatda esa stadionni buzish ishlari qachon boshlanishi aniq emas. Loyiha masalasi aniq bo'lishi bilan bu haqida malumot rasmiy saytimizda taqdim etiladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar