So’nggi yangiliklar

01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  2 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  4 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  0 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  7 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  9 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  14 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  8 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  17 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  6 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  47 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  20 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  18 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  339

"Paxtakor" - "So'g'diyona". Uchrashuv raqamlari va malumotlar Yangiliklar

"Paxtakor" - "So'g'diyona". Uchrashuv raqamlari va malumotlar

Teglar :  So'g'diyonaPaxtakor
Jamoamiz 26 may kuni oliy liga 12-turida "So'g'diyona"ni qabul qiladi.

CHempionatda so'nggi 4 uchrashuvda mag'lubiyatga uchramagan "Paxtakor" turnir jadvalidagi holatini yaxshilash uchun qolgan bellashuvlarda zafar quchishga intilishi lozim. Terma jamoa o'yini bilan bog'liq tanaffusdan avval oliy ligadagi oxirgi raqib jizzaxliklar hisoblanadi. "So'g'diyona" oliy liganing so'nggi turida "SHo'rtan"dan ustun kelganini eslatib o'tamiz.

Oliy liga tarixida jamoalar 42 o'yinda kuch sinashishgan. "SHerlar" 34 bellashuvda zafar quchgan bo'lsalar, 4tadan uchrashuv durang va raqibning g'alabasi bilan yakunlangan. Toshkentdagi 21 to'qnashuvning 19tasida "Paxtakor" ustun kelgan. Jizzax klubi bir marta durang va muvaffaqiyat bilan ortga qaytgan. Toshkentdagi oxirgi 17 bellashuvda jamoamiz g'alabaga erishgan. Raqib darvozasiga jami 111 to'p kiritilib, 35 gol o'tkazib yuborilgan.

Bellashuvni Vadim Agishev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqaradi. Joriy mavsum Agishev "Buxoro"ga qarshi o'yinni boshqarib borgan va o'shanda "Paxtakor" muvaffaqiyat qozongandi.

"PAXTAKOR" - "SO'G'DIYONA"
Hakamlar:
Vadim Agishev (Toshkent), Husniddin SHodmonov (Buxoro), Aleksandr Burov (Buxoro), Ravshan Abduvohidov (Qarshi).
Nazoratchi: Ibrohim SHaripov (Buxoro).
PFL vakili: Grigoriy Rtveladze.

Yoshlar tarkiblari o'yini 25 may, payshanba kuni 17:30da Qibraydagi stadionda boshlanadi. Asosiy jamoalar to'qnashuvi 26 may, juma kuni "Paxtakor" stadionida 19:00da start oladi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика