"Paxtakor" "Shapekoense" klubiga hamdardlik bildirdi

Narzulla Saydullayev
29 noya 2016, 16:10
Kecha tunda Braziliyaning "Shapekoense" klubi delegaciyasi o'rin olgan samolyot aviahalokatga uchragani haqida xabar berdik.

"Paxtakor" futbol klubi aviahalokat munosabati bilan Braziliyaning "Shapekoense" futbol klubiga hamdardlik bildiramiz. Halok bo'lganlarning yaqinlari va oila a'zolari bilan birgamiz", - deb yoziladi "Paxtakor" klubining tvittyerdagi rasmiy sahifasida.

Eslatib o'tamiz, Toshkentning "Paxtakor" klubi a'zolari 1979 yilning 11 avgustida aviahalokatga uchrashgan edi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia