So’nggi yangiliklar

21:29ОКМК - "Навбаҳор" 2:1  1 21:27"Реал" Суперкубок учун қайдномани эълон қилди  1 21:05Суперлига. "Сурхон" кичик ҳисобда "Қизилқум"дан устун келди  12 21:05Суперлига. ОКМК сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Навбаҳор"ни мағлуб этди  91 20:25"Манчестер Сити" ўзи учун рекорд нархга футболчи сотди  6 19:41"Ал Аҳли" Винисиус учун миллиард евро тўлашга тайёр  10 18:40Ана холос! Нико Уильямс "Барселона"га эмас, "Реал"га ўтмоқчи  12 17:38"Барселона"нинг янги сардори маълум бўлди  2 17:09"Арсенал" франциялик юлдузга кўз тикди  1 16:43"Динамо" стадионида янги прожектор лампалари ўрнатилмоқда  4 16:21Жоау Феликс яна "Челси"га ўтиши мумкин  1 15:55"Олимпик Mobi-Uz" ҳимоячилари, "Қўқон-1912"га ғалаба келтирган украиналик футболчи — Про лига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 15:35"Бунёдкор" футболчиси деярли 1000 кундан сўнг Суперлигада гол урди  3 15:10"Реал" XXI асрда 14 финалнинг ҳаммасида зафар қучган. УЕФА Суперкубоги учун баҳс натижаси қандай бўлади?  5 14:47Муборакдаги ўйин қаҳрамони, "Қўқон-1912" дарвозабони ва мураббийи - Про лига 15-тур лауреатлари  1

"Paxtakor": Raqibimiz - "Traktorsozi" Yangiliklar

"Paxtakor": Raqibimiz - "Traktorsozi"

"Paxtakor" CHempionlar ligasining 3 va 4-turlarida Eronning "Traktorsozi" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Tabrizliklar guruhda ketma-ket 2 g'alabaga erishgach, peshqadam bo'lib olishdi. SHuning uchun bu jamoa bilan o'yinlar “Paxtakor”ning guruhdagi holatini aniqlashga yordam beradi.
 
Ozarbayjon millatiga mansub aholi istiqomat qiladigan Tabriz shahrida futbolga etibor kuchli. Mavsum mobaynida “Traktorsozi”ning 80 ming muxlisga mo'ljallangan stadioni 4-5 marta deyarli to'ladi. Jamoa safida asosan mahalliy futbolchilar o'ynashadi. Ular ko'proq etiborni akademiya tarbiyalanuvchilariga qaratishga urinishyapti. Legionerlardan braziliyalik Karlos Kardoso va Augusto Sezar, filippinlik Ian Remzi hamda kamerunlik hujumchi Aloys Nong bor. Kardoso himoya, Sezar esa yarim himoyada o'ynaydi. Remzi ham o'rta chiziqda to'p tepadi. Nong esa Eronning bir qator klublarida harakat qilgan. CHempionlar ligasida u jamoalarimizga qarshi maydonga tushib ulgurgan.

“Traktorsozi” ayni paytda turnir jadvalida 6-pog'onada bormoqda, lekin kuchli uchlikdan o'rin egallash uchun imkoniyati mavjud. “Al Jazira”ni uyda va safarda dog'da qoldirgan tabrizliklar CHempionlar ligasida guruh peshqadamiga aylanishgan.
 
“TRAKTORSOZI” FUTBOL KLUBI
Laqabi: “qizil bo'rilar”
Tashkil etilgan vaqti: 1970
Stadioni: “SHahand”, 70 ming tomoshabinga mo'ljallangan
Egasi: Eron traktor sanoati kompaniyasi
Boshqaruvchisi: Said Abbosi
Bosh murabbiyi: Ardasher Galenoi
Sovrini: Hazfi Kubogi sohibi (2014).
 
Jamoaga o'tgan yildan buyon eronlik mashhur murabbiy Ardasher (Amir) Galenoi boshchilik qilib kelmoqda. U “Istiqlol” va milliy terma jamoadagi faoliyati bilan tanilgan. Uning qo'l ostida o'ynashni Erondagi aksariyat futbolchilar orzu qilishadi. O'yinchilarni ruhiy tayyorlashda ushbu mutaxassisda muammo deyarli uchramaydi.
OCHLdagi dastlabki ikki o'yinda “Traktorsozi” jamoaviy futbol namoyish qildi. Uyda raqib to'liq taslim etilgan bo'lsa, mehmonda shiddatli kechgan bellashuvda yagona gol yordamida o'yin taqdiri hal qilindi.
 
Ardasher GALENOI
Tug'ilgan sanasi: 21.11.1963
Tug'ilgan joyi: Tehron, Eron
Futbolchilikdagi ampluasi: yarim himoyachi
O'ynagan jamoalari: 1981–1982 “Rax Axan”, 1982–1987 “SHahin”, 1987–1988 “Al Sadd”, 1989–1997 “Istiqlol”.
Eron terma jamoasida 1985–1996 yillarda 20 o'yinda 1 gol urgan.
Boshqargan jamoalari: 1999–2000 “Keshovarz”, 2001–2002 “Barq”, 2002 “Istiqlol”, 2002–2003 “Istiqlol Axvaz”, 2003–2006 “Istiqlol”, 2006–2007 Eron terma jamoasi, 2008 “Mes”, 2008–2009 “Istiqlol”, 2009–2011   “Sepaxan”, 2011–2012 “Traktor Sozi”, 2012–2015 “Istiqlol”, 2015 yildan “Traktor Sozi”da.
 
Mahalliy futbolchilardan iborat tarkibni shakllantirishga klub rahbariyati etibor qaratmoqda. Ularga tajribasi bilan yordam berishi uchun legionerlar limitidan to'liq foydalanilgan. Tarkibda mashhur nomlar yo'q, ammo jamoaviy o'yin Tabriz jamoasining asosiy quroli sanaladi.

Darvozabonlar
1. Akbarishod Muhammadrizo
44. Farzin Karusian
55. Masud Hemami

Himoyachilar
2. Muhammad Iranpurian
3. SHojai Halilzoda
4. Xolid SHafiy
5. Karlos Kardoso (Braziliya)
25. Rizo Faraji
40. Ali Hamudi
88. Fardin Abedini

Yarim himoyachilar
6. Sina Ashuri
8. SHahin Soqibi
10. Surushi Rafiy
11. Baxtiyor Rahmoni
15. Ayub Kalantari
16. Muhammad Purrahmat
18. Ian Remzi (Filippin)
19. Augusto Sezar (Braziliya)
66. Mehdi Kiani
77. Said Nojehdeh
90. Mehdi SHarifi

Hujumchilar
24. Farzad Hatami
27. Aloys Nong (Senegal)
32. Mehran Qurbonpur

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика