"Paxtakor" Qatarda ikkinchi mashg'ulotini o'tkazdi
29 jan 2018 07:56
Yangiliklar
"Paxtakor" Qatarda ikkinchi mashg'ulotini o'tkazdi
"Al-Garafa"ga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rayotgan "sherlar" Doxada ikkinchi mashg'ulotini o'tkazishdi.
"Al-Garafa" stadioni ichida joylashgan maydonda o'tkazilgan mashg'ulotni futbolchilar Laslo Yambor boshchiligida chigalyozda mashqlar bilan boshlashdi. SHundan keyin SHota Arveladze o'yinchilarni ikki tarkibga ajratgan holda o'yin davomida qo'llaniladigan turli uslublarni qo'llash ustida shug'ullantirdi. Mashg'ulotda Doxaga hozircha etib kelgan 19 nafar futbolchining barchasi ishtirok etdi.
29 yanvar kuni uchrashuv oldidan rasmiy tadbirlar o'tkaziladi. Toshkent vaqti bilan 14:00da o'yindan avvalgi yig'ilish, 15:00da esa matbuot anjumani bo'lib o'tadi. Rasmiy mashg'ulot soat 21:00da boshlanishi mo'ljallangan.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar