So’nggi yangiliklar

23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  0 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  3 22:30Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотини ўтказди  0 22:11ЖЧ саралаши. Ўмон Доҳада Қатар билан дуранг ўйнади  12 21:37Осиёда ЖЧ саралашининг тўртинчи босқичи бошланди. Бу ҳақда нималарни билишимиз лозим?  24 21:01"Реал" "Сантьяго Бернабеу" стадиони номини ўзгартириши мумкин  1 20:38Ансу Фати Францияда рекорд натижа қайд этди  5 19:40Ҳожимат Эркинов ЖЧда қайси жамоалар билан рўбарў келишни хоҳлайди?  12 18:43Кувайт терма жамоаси бош мураббийи: "Мен ЎФА шорт-листида бўлганман?"  8 18:19"Реал" футболчиси Испания терма жамоаси сафида жароҳат олди  3 17:40Сайфиев ва Ҳамробековлар терма жамоа машғулотида иштирок этишмади  2 17:27Каннаваро: "Тимур Кападзе билан ўйин фалсафаларимиз ўхшаш"  31 17:23Ҳожимат Эркинов: "ОКМКда катта футболга мослашганман"  0

"Paxtakor" "Navbahor"ning bir yo'la uch etakchisini qo'lga kiritmoqchi Yangiliklar

"Paxtakor" "Navbahor"ning bir yo'la uch etakchisini qo'lga kiritmoqchi

2020 yilgi O'zbekiston chempionati ham yakuniga etib bormoqda.

"Paxtakor" yangi mavsum oldidan o'z safiga bir qator yangi futbolchilarni qo'shib olishni maqsad qilgan. Olingan malumotlarga ko'ra, "SHerlar" "Navbahor"ning bir yo'la uch futbolchisiga jiddiy qiziqib qolishgan. 

Darvozabon O'tkir Yusupov, himoyachi Igor Golban va yarim himoyachi Azizbek Turg'unboev 2021 yilgi mavsumni "Paxtakor"da boshlashlari mumkin. Malumot uchun, O'tkir Yusupovning "Lochinlar" bilan tuzgan shartnomasi shu yil oxirida tugaydi va boshqa klubga erkin agent sifatida ketishi mumkin. 

Golban va Turg'unboev esa "Navbahor" bilan 2023 yil oxirigacha shartnomaga ega. 



Eslatib o'tamiz, Namangan viloyati yangi hokimi SHavkatjon Abdurazzoqov "Navbahor" endi asosiy urg'uni yosh futbolchilarga qaratishini malum qilgandi.

"Kelasi yildan jamoa sharafini faqat mahalliy yoshlar himoya qilishadi. Biz barcha namanganlik iqtidorli, yosh futbolchilarni qo'llab-quvvatlaymiz, investiciyani mahalliy yosh, iqtidorli futbolchilarni etishtirib chiqarish uchun yo'naltiramiz", - degandi Namangan viloyati hokimi.

O'sha yig'ilishda Abdurazzoqov Azizbek Turg'unboevni jamoada maqsadsiz olib qolinganini tanqid qilgandi



Malumot uchun, Turg'unboev bu mavsum 22ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol urdi va 1ta golli uzatmani amalga oshirdi. Igor Golban 21ta uchrashuvda ishtirok etib, 2ta to'p kiritdi va sheriklariga 1ta golli pas berdi. Darvozabon O'tkir Yusupov esa 20ta o'yinda harakat qildi va 15ta gol o'tkazib yubordi. 9ta bahsda o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan posbon 1ta penaltini qaytardi va 2 marta sheriklariga golli uzatmani amalga oshirdi. 


Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика